Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 10-qism

Dasturimizning bugungi bo'limida Turkiya va Qozog'iston munosabatining kechagi, bugungi va ertangi kuni haqida so’z qilamiz.

687213
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 10-qism

2017-yilning 2-marti kuni Qozog’iston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganiga chorak asr to’ldi. Shunday ekan biz ham bugungi dasturimizda ikki mamlakat munosabatining kechagi, bugungi va ertangi kuni haqida so’z qilamiz.  

Assalomu alaykum dasturimiz muxlislari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz. 

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari 2-mart kuni Qozog’iston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o’rtasida diplomatik aloqalarning o’rnatilganiga roppa-rosa 25 yil to’ldi. 1992-yilning 2-marti kuni Qozog’iston o’z mustaqilligini e’lon qildi. Oradan atiqi bir necha daqiqalar o’tgach Turkiya Respublikasi Qozog’iston mustaqilligini tan oldi. Mustaqilligini e’lon qilishi ortidan Qozog’iston bilan Turkiya o’rtasida qo’l qo’yilgan ko’plab shartnoma orqali ikki mamlakat o’rtasida turli sohalarda hamkorliklar boshlatildi. 

Turkiya bilan Qozog’iston o’rtasidagi siyosiy munosabatlarning natijasi esa Qozog’istonni, Turkiyaning Yevroosiyodagi eng muhim siyosiy va iqtisodiy sheriklaridan biriga aylantirdi.

Qozog’iston-Turkiya munosabatlari ayniqsa oxirgi vaqtlarda yanada jadal rivojlana boshladi. Bunda Qozog’istonning tashqi siyosatda avvalgiga qaraganda yana da faol bo’lishi shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashining doimiy bo’lmagan a’zosi kabi vazifalari muhim rol o’ynamoqda.

Bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan “Turk kengashi”, Bosh qarorgohi Ozarbayjonda joylashgan “Turk tilida so’zlashuvchi davlatlarning Parlament Assambleyasi”, Bosh qarorgohi Qozog’istonda joylashgan “Xalqaro Turk akademiyasi” va Bosh qarorgohi Turkiya poytaxti Anqarada o’rin olgan “TURKSOY” kabi xalqaro tashkilotlar madaniy va siyosiy sohada a’zo davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni institutsional doirada mustahkamlab kelmoqda. 

Qozog’iston bilan Turkiya munosabatlari iqtisodiy tarmoqdan tashqari yuqorida nomi tilga olingan tashkilotlar faoliyatlarini ham o’z ichiga olmoqda.

Qozog’iston Respublikasi Davlat rahbari Nursulton Nazarboyev Turkiya Respublikasi nazarida alohida o’ringa ega. Turkiya, Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar o’rtasida hamkorlikning ta’minlanishi uchun olib borgan faoliyatlarini taqdirlab Nazarboyevni, har doim “Turk dunyosining oqsoqoli”, “Turk dunyosining dono lideri” deb ataydi. Anqarada Nazarboyev hurmatiga haykal ham o’rnatilgan. Bu ham bo’lsa turk xalqining Nazarboyevga bo’lgan hurmatining konkret ko’rsatkichidir.

Turkiya bilan Qozog’iston global va mintaqaviy dolzarb masalalarni hal qilish yo’lida ham hamfikrlar. Xalqaro tashkilotlar tarkibidagi yo’ndashuvlari ham bir xil. Ikki mamlakat o’rtasidagi status, Nazarboyevning 2009-yili Turkiyaga bo’lgan ziyorati chog’ida qo’l qo’yilgan “Strategik hamkorlik shartnomasi” asosida aniqlandi. Shu orqali ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorliklar qardoshlik bilan birgalikda “Strategik sheriklik” darajasiga olib chiqildi.  

Qozog’istonning Yevroosiyo qit’asidagi o’rni mamlakatni Sharq va G’arb o’rtasidagi tabiiy ko’prikga aylantirgan. 25 yil davomida aholi jon boshiga yalpi milliy daromad 700 AQSh dollaridan 13. 600 AQSh dollariga ko’tarildi. Tuproqlarida 1225 turli mineral va 493 ruda konlarini o’z ichiga olgan Qozog’iston tabiiy gaz zaxiralari bo’yicha dunyoning birinchi 12 davlatidan biri, neft zaxiralari bo’yicha esa dunyoning 13 davlatidan biri sifatida rto’yhatlarga olingan.

Qozog’iston bilan Turkiya o’rtasida kuchli harbiy munosabat bor shuningdek, mudofaa texnologiyalari sohasida hamkorlik o’rnatilgan. Turkiya Qozog’iston Qurolli kuchlariga ofitser kadrlari yetishtirib berish xususida katta yordam ko’rsatmoqda. Mudofaa sanoatlari sohasida Turkiyaning eng yirik firmalari Qozog’iston mudofaa ta’sisini rivojlantirish uchun faoliyat olib bormoqda. Bir necha yil avval “Qozog’iston-Aselsan” fabrikasining ochilishi ham, harbiy sohada olib borilgan muhim faoliyatlardan biri edi. 

Turkiya va Qozog’iston o’rtasida bir necha million AQSh dollari bilan boshlagan savdo hamkorligi bugungi kunda 4 milliard dollarga chiqdi. Albatta bu yetarli emas. Shuning uchun ham ushbu raqamni 10 million AQSh dollariga olib chiqishlik, har ikki mamlakatning maqsadiga aylandi. Bu maqsadning oldidagi eng katta to’siqlardan biri esa Qozog’iston bilan Turkiya o’rtasida logistika jihatidan to’g’ridan-to’g’ri imkonlarning yo’qligidir. Bu muammolarni hal qilish uchun rejalashtirilgan alternativ yo’llar bilan fikirlar amalga oshirilganida, savdo sohasidagi hamkorliklar yana-da rivojlanadi.  

So’zimiz yakunida shuni aytib o’tish joizki, Qozog’iston bilan Turkiya ikki boshqa mamlakat bo’lishi mumkin lekin bitta millat hisoblanadi. Bu jihatdan olib qaraganda Prezident Rajap Tayyip Erdog'an bilan Nursulton Nazarboyevning tarixiy aloqalarni himoya qilishi bu ikki mamlakat va Turk dunyosi uchun muhimdir.

Turkiya bilan Qozog’iston o’rtasidagi do’stlik o’z kuchini mushtarak tarixiy va madaniy bog’lardan olmoqda. 25 yil… Minglab yillarni o’z ichiga olgan turk tarixiga solishtirganimizda ko’z ochib yumgunga qadar o’tib ketadigan qisqa vaqt hisoblanadi. Lekin har ikki mamlakat ham bu 25 yil ichiga katta muvaffaqiyatlarni sig’dirdi. O’ylaymizki ozaro manfaat va hurmat, ikki mamlakat munosabatlarini keyingi yillarda yana-da rivojlantiradi.

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodim Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar