Yevroosiyo va Turkiya munosabatlari 9-qism

Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar o’rtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil topgan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY bu yil 24 yoshida. Shu bois bugungi dasturimizni TURKSOY faoliyatlariga bag’ishlaymiz.

683145
Yevroosiyo va Turkiya munosabatlari 9-qism

Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar o’rtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil topgan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY bu yil 24 yoshida. Shunday ekan bugungi dasturimizda Turk dunyosida muhim o’ringa ega bo’lgan va Xalq diplomatiyasi vositachisi hisoblangan TURKSOY faoliyatlari haqida so’z qilamiz.

Assalomu alaykum aziz dasturimiz muxlislari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz. Efirda Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari dasturi.

Xalq diplomatiyasi ayniqsa 2000-yillardan beri Xalqaro aloqalar sohasining muhim tushunchalari orasiga shung’ib ketdi va tashqi siyosatning eng asosiy vositasiga aylandi. Sovuq urush davrining yakunlashi ortidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridagi jadal rivojlanishlar bilan xalq diplomatiyasi yangi tushuncha qozondi. Turkiya 2000-yillardan beri tarixiy va madaniy merosini ham ta’kidlagan holda ko’p qirrali tashqi siyosat kuzatib kelmoqda. Shunday ekan xalq diplomatiyasi ham uning muhim bo’lagiga aylandi. Turkiya tashqi iqtisodiyotining qadimgi manfaatlaridan biri hisoblangan Turkiston hududi, bugungi kunda butun dunyo e’tiboridagi geografik mintaqa hisoblanadi. Bu jihatdan qaraganda mintaqaga qaratilgan muhim faoliyatlarni yuritib kelayotgan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY xalqaro tashkilotlar o’rasida muhim o’ringa ega.

Turk dunyosining UNESCOsi hisoblangan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY 1993-yili Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Turkmaniston Respublikalarining Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan qo’l qo’yilgan shartnomaga muvofiq tashkil topgan. Keyinchalik Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi avtonom respublikalardan Tatariston, Boshqirdiston, Altay, Saha, Tuva va Xakasiya Respublikasi shuningdek, Moldoviyaning Gagauz yeri avtonom mintaqasi ham kuzatuvchi davlat sifatida TURKSOYga a’zo bo’lgan. TURKSOY roppa-rosa 24 yildan beri turk xalqlarining do’stlik va qarodshlik munosabatlarini mustahkamlash va o’rtoq turk madaniyatini kelajak avlodlarga yetkazish va uni butun dunyoga tanitish uchun xizmat qilib kelmoqda.  Bu vaziyat TURKSOYni, Turk tilida so’zlashuvchi davlat va jamoatlar orasida eng asosiy tashkilotga aylantirmoqda.

Roppa-rosa 24 yildan beri huddi shunday mazmunli faoliyatlar bilan o’z borligini davom ettirib kelayotgan TURKSOYning ilk tashkil topgan yillaridagi nomi, “Turk madaniyati va san’atlari mushtarak boshqaruvi” deb belgilangan edi. Lekin vaqt otishi bilan o’rtoq qabul qilingan qarorga muvofiq ushbu nom “Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti” deb o’zgartirildi.

TURKSOY faoliyatlarini Turk tilida so’zlashuvchi davlatlarning Madaniyat vazirlarining Doimiy kengashi aniqlamoqda. Doimiy kengash yig’ilishlarida qabul qilingan qarorlar, TURKSOY Bosh kotibligi tomonidan yo’lga qoyilmoqda. TURKSOY; rassomlararo uchrashuvlar, opera kunlari, adabiy anjumanlar kabi an’anaviy faoliyatlar yuritib kelmoqda. Shu yo’l orqali Turk dunyosi nomidan olimlar bilan san’atkorlar tajriba almashish imkonini qo’lga kiritmoqda.   

Turk dunyosining o’rtoq bayrami hisoblangan Yangi kun yoki Navro’z, TURKSOY tomonidan 2010-yili UNESCOning Parijdagi Bosh qarorgohida, 2011-yili esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyada nishonlandi va bu orqali Navro’z bayrami butun dunyo bilan tanishtirildi.              

TURKSOY har yili dunyoning turli Turk tilida so’zlashuvchi davlatlari nomidan yuzlab san’atkor ishtirokida teatr, kinofilm, musiqa sohalarida rang-barang festivallar uyushtirib kelmoqda. Chop etib kelayotgan asarlari orqali esa, turk xalqlarining boy madaniy merosini keng ommaga taqdim etmoqda. Shu doirada TURKSOY jurnali uch tilda (turk, rus va ingiliz) chop etilmoqda. Shuningdek TURKSOY tomonidan chop etilgan turk lahja va tilllarida ko’plab asar dunyoning 14 davlatida kitobxonlar e’tiboriga taqdim etilmoqda.     

TURKSOY tomonidan uyushtirilib kelinayotgan yodga olish marosimlari va e’lon qilingan yodga olish yillari orqali Turk madaniyatiga xizmat qilgan porloq shaxsiyatlar yoshlar bilan tanishtirilmoqda. TURKSOY tomonidan bizning madaniy hayotimizga qo’shilgan ajoyib yangiliklardan biri esa Turk dunyosining madaniy poytaxtining e’lon qilina boshlashi. Bunga ko’ra 2012-yili Qozog’iston  poytaxti, ko’rkam va chiroyli shahar Astana; 2013-yili Turkiyaning zamonaviy shaharlaridan biri hisoblangan Eskishahar; 2014-yili Tataristonning tarixiy shahri poytaxt Kazan va 2015-yili Turkmanistonning qadimiy shahri Merv Turk dunyosining madaniy poytaxti deb tanlandi.

2016-yili Turk dunyosining Madaniy poytaxti deb e’lon qilingan Ozarbayjonning yashil tabiatga boy shahri Shekida bo’lib o’tgan yig’ilishda ishtirok etgan tashkilotga a’zo davlat vakillari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror natijasida, 2017-yilning Turk dunyosi Madaniy poytaxti Qozog’istonning Turkiston shahri deb e’lon qilindi. Qadimda “Yassi” deyilgan Turkiston shahrida tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri Xoja Ahmat Yassaviy tug’ilib o’skan. O’zining mazmunli asarlari bilan Turk dunyosini o’ziga rom aylagan Yassaviy, umrining oxirigacha huddi ana shu tuproqda yashadi.

Turk kengashi, Turk akademiyasi, Turk madaniyati va merosi fondi, TURKSOY bilan hamkorlik ichida faoliyat olib borgan va boshqa xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. TURKSOY shuningdek bir xil prinsip va maqsadlarda faoliyat olib borgan UNESCO, ISESCO va Mustaqil davlatlar hamdo’stligi Gumanitar hamkorlik fondi kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda.

TURKSOY Bosh kotiblik vazifasini 2008-yilning 29-mayidan beri Qozog’istonning sobiq Madaniyat vaziri Dusen Kaseinov; Bosh kotib o’rinbosarligi vazifasini esa Turkiyaning muhim olimi professor, doktor Firat Purtash yuritib kelmoqda. TURKSOYda, a’zo davlatlarning Madaniyat vazirligi tomonidan tayin qilingan vakillar ham ishlab keladi.

TURKSOYning Bosh qarorgohi Turkiya poytaxti Anqarada joylashgan. O’z faoliyatlarini a’zo davlatlarning Madaniy va turizm vazirliklari ishtirokida davom ettirgan TURKSOY, ko’p qirrali va o’zaro xalq diplomatiyasi jihatidan o’rnak bo’lishga arziydigan muhim tashkilot hisoblanadi.

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodim Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar