Vladimir Putin Qirg'izistonda, mamlakatdagi rus harbiy kuchlarining borligiga to'xtaldi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Markaziy Osiyo safari doirasida Qirg'izistondan oldin Tojikiston bilan Qozog'istonga borgan edi.

682067
Vladimir Putin Qirg'izistonda, mamlakatdagi rus harbiy kuchlarining borligiga to'xtaldi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir putin Markaziy Osiyo safari doirasida amaliy tashrif bilan Qirg’izistonga borar ekan u yerda Prezident Almazbek Atambayev tomonidan poytaxt Bishkekdagi Ala-Archa davlat rezidentsiyasida o’rin olgan kongress binosi oldida harbiy marosim bilan kutib olindi.

Atambayev bilan ikki tomonlama va hay’atlararo uchrashuvlar o’tkazgan Rossiya Davlat rahbari Putin ortidan matbuot anjumanida ishtirok etdi va o’tgan oy Qozog’iston poytaxti Astanada uyushtirilgan Suriya muzokarasini baholadi.  

Putin, bu haqida,

“Astanadagi Suriya muzokarasi samarali va ijobiy muhitda o’tdi. Bu vaziyat bizni hursand qildi. Uchrashuvlar, o’q uzishni to’xtatishni ta’minlashga qaratildi va uni nazorat qiladigan mexanizmlarning tashkil etilishi jihatidan katta ahamiyat kasb etar edi. Ushbu mexanizmsiz Jenevadagi muzokaralarni o’tkazish imkonsiz edi” deya gapirdi.     

Putin, Suriya muzokarasini Astanada o’tkazib berganligi uchun Moskva nomidan Davlat rahbari Nursulton Nazarboyevga minnatdorchiligini ham ta’kidlar ekan Qirg’izistonning demokratik sohadagi shaxdam qadamlarini ham yuqori baholaganligini tilga oldi shuningdek,

“Qirg’iziston, Rossiya uchun har doim strategik sherik bo’lib qoladi” dedi.

Putin poytaxt Bishkek yaqinlarida faoliyat ko’rsatayotgan rus harbiy aviabazasini Afg’oniston tomonidan kelish ehtimoli bo’lgan xavflar va terrorga qarshi kurash maqsadida Qirg’iziston rahbariyatining talabiga binoan qurganliklarini ta’kidladi.

Mamlakatdagi rus harbiylariga ham to’xtalgan Putin,

“Bir kunmas bir kun Qirg’iziston qurolli kuchimizni yig’ib oldik. Bizning harbiy aviabazaga ehtiyojimiz yo’q degudek bo’lsa unda biz aviabazamizni o’sha kuniyoq yopib qoyamiz. Bizning Qirg’izistonda harbiy kuchimizni ushlab turish kabi niyatimiz yo’q. Ushbu bazaning birdan bir maqsadi Qirg’izistonning xavfsizligidir” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar