Shavkat Mirziyoyev Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinni qabul qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinni qabul qildi.

681979
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinni qabul qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinni qabul qildi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ush ma’lumotga ko’ra Davlat rahbari avvalom bor mehmonni qutlar ekan, O’zbekiston bilan Rossiyaning zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish sohasidagi o’zaro hamkorligining yuksak darajada ekanini alohida ta’kidlagan.

Suhbat chog’ida ekstremizm, terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

S.Narishkin qabul uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirar ekan, Prezident Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazgan.

Shuningdek Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori ikkala mamlakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi dolzarb vazifalarni bajarishdagi o’zaro hamkorlik darajasini yuqori baholagan.

 



Aloqador xabarlar