Shavkat Mirziyoyev Qozog’iston Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Asqar Maminni qabul qildi

Eslatib o'tamiz, O’zbekistonda qozog’istonlik hamkorlar ishtirokida tuzilgan 230 dan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda. Avtomobil va temir yo’l transporti, aviatashuv sohalarida an’anaviy faol hamkorlik qilib kelinmoqda.

680235
Shavkat Mirziyoyev Qozog’iston Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Asqar Maminni qabul qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo’yicha hukumatlararo qo’shma komissiyaning navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun O’zbekistonga tashrif buyurgan Qozog’iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Asqar Maminni qabul qildi.

Davlat rahbari avalom bor mehmonni qutlar ekan, O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, shu jumladan savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror va izchil rivojlanayotgani ham da mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlagan.

Ortidan Shavkat Mirziyoyev, ikki mamlakat o’rtasidagi samarali va o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish, buning uchun avvalo savdo, investitsiyaviy texnologiyalar va transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlik bo’yicha aniq loyihalarni ishlab chiqish va qo’llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etgan.

Shuningdek ikki mamlakat hududlari o’rtasida o’zaro hamkorlik o’rnatish va mustahkamlash lozimligi, bu savdo va madaniyat sohalarida aloqalarni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot ximzati rasmiy internet portalida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra ikki mamlakat Davlat rahbarlarining 2016-yil sentabr oyida Samarqand shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlarga muvofiq o’zaro savdo hajmini tubdan oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, shuningdek mamlakatlarning yetakchi korxonalari o’rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan qator istiqbolli loyihalar hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

2016-yil yakunlariga ko’ra, o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollardan ziyodni tashkil etgan. O’zbekistonda qozog’istonlik hamkorlar ishtirokida tuzilgan 230 dan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda. Avtomobil va temir yo’l transporti, aviatashuvlar sohalarida an’anaviy faol hamkorlik qilib kelinmoqda.

Asqar Mamin samimiy qabul uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik izhor etib, Qozog’istonning O’zbekiston bilan, keng ko’lamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirgan.

 

 



Aloqador xabarlar