Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 7-qism

Bugungi dasturimizda Turkiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlarining Turkistondagi Xalq diplomatiyasi faoliyatlarini bir-biri bilan solishtirib ko'raylik.

673731
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 7-qism

Xalq diplomatiyasi ayniqsa 2000-yillardan beri Xalqaro aloqalar sohasining muhim tushunchasi orasiga shung’ib ketdi va tashqi siyosatning eng asosiy vositasiga aylandi. Shunday ekan keling biz ham bugungi dasturimizda Turkiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlarining Turkistondagi Xalq diplomatiyasi faoliyatlarini bir-biri bilan solishtirib ko'raylik.

Aziz dasturimiz muxlislari bu borada Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz. 

AQSh eng avvalo mintaqada Sovet ittifoqi davri orqali kirib kelgan rus madaniyatining bartaraf etilishini va mintaqa davlatlarining mustaqilligining mustahkamlanishini xohlamoqda. Qirg’izistonda qariyb 143, Tojikistonda 81, Qozog'istonda 76, Turkmanistonda 29 va O'zbekistonda 21 ta tubi AQShga borib taqaladigan nodavlat-notijorat tashkilotlar bor. Ulardan Inson huquqlari tashkiloti (Human Rights Watch), Soros fondi (Soros Foundation), Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (The Committee to Protect Journalists) xalqaro tashkilotlarining bir qanoti hisoblanadi. Rossiyaning mintaqadagi ta’sirini takror orttirishi va “Rangli inqilob” tajribasidan keyin mintaqa elitalarining nodavlat-notijorat tashkilotlarga qarshi yana-da ehtiyotkor muomala qilishi natijasida yuqorida nomi tilga olingan tashkilotlar o’z ta’sirini sal bo’lsa ham yo’qotdi.

Turkiyaning mintaqaga qaratilgan umumiy siyosati esa mintaqa davlatlarining mustaqil, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikga ega, o’zlari va qo’shnilari o’rtasida hamkorlik ichida, xalqaro hamjamiyat bilan bir butun va demokratik qadriyatlarni qabul qilgan davlatlar sifatida borliklarini davom ettirishlarini qo’llab-quvvatlaydi. Turkiya huddi mana shu siyosatlari orqali mintaqa davlatlarining eng muhim sherigiga aylandi. Turkiyaning mintaqaga qaratilgan xalq diplomatiyasi faoliyatlari madaniy, ta’lim, ommaviy axborot vositasi va taraqqiyot yordami ustida olib borilmoqda. Bu borada amalga oshirilgan birinchi faoliyatlar natijasida 1993-yili Turk madaniyati va san’atining, tilining, tarixiy me’rosining himoya qilinishi, bu qadriyatlarning butun dunyoga tanitilishi va yosh avlodga yetkazilishi maqsadida Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) barpo etildi. Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Turkmaniston bilan birga Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi 6ta avtonom respublika shuningdek, Moldoviyaning Gagauz yeri avtonom mintaqasi ham kuzatuvchi davlat sifatida TURKSOYga a’zodir.

Mintaqada liberal iqtisodiyotni yoyish va xususiy sektorni rivojlantirishni o’ziga maqsad qilib olgan va AQSh tashkiloti hisoblangan Markaziy Osiyo-Amerika tadbirkorlik fondi(Central Asia American Enterprise Fund - CAAEF) deb nomlangan Bank of Amerikaning qo’llab-quvvatlashi orqali tashkil topdi. Bugungi kunda o’z faoliyatlarini Amerika-Markaziy Osiyo ta’lim fondi (U.S.–Central Asia Education Foundation) nomi ostida yuritayotgan ushbu tashkilot mintaqada ish madaniyatini yoyish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ochiq bozor iqtisodiyotini o’rnatish uchun mexnat qilmoqda.  

Mintaqa bilan bo’lgan hamkorlik doirasida ta’lim faoliyatlariga alohida e’tibor bergan Turkiya 1992-yili boshlatilgan “Yirik ta’lim loyihasi” orqali Turk Respublikalaridan yuzlab talabani mehmon qildi. Bugungi kunda “Turkiya stipendiyalari” degan nom bilan yana-da keng ko’lamli olaroq Chet ellik turklar va qardosh xalqlar rahbariyati tomonidan olib borilmoqda. Ushbu dastur tarkibida o’rin olgan “Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar stipendiya dasturi” doirasida har yili onlab yangi talaba Turkiyadagi universitetlarda ta’lim olmoqda. Shuningdek turk tilining keng tarqashiga bag’ishlangan faoliyatlari bilan Turkiyaning eng muhim xalq diplomatiyasiga aylangan Yunus Emre nomidagi institut; Qozog'iston poytaxti Astana va Ozarbayjon poytaxti Baku shaharlaridagi markazlari orqali oz faoliyatlarini mintaqada olib bormoqda. Turkiya Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshida Qirgi’isiton va Turkmanistonda to’rttadan; Qozog’iston va O’zbekistonda esa bittadan ta’lim markazi mavjud.

Qirg’iziston-Turkiya Manas universiteti 1997-1998 o’quv yilidan beri Qirg'isiton poytaxti Bishkekda faoliyat ko’rsatmoqda. Universitet Qirg’iziston, Turkiya, Turk Respublikalari va qardosh jamoat bosh bo’lish bilan birga boshqa davlatlardan talaba qabul qilmoqda. Ushbu universitetda bugungi kunda qariyb 400 nafar turkiyalik talaba ta’lim olmoqda. Qirg’izistonlik talabalar, universitetdagi  talabalar sonining 84 foizini tashkil etmoqda. Universitet Turkiya va Qirg’izistondagi davlat universitetlari bilan bir xil statusga ega bo’lib u avtonom universitet hisoblanadi. Qirg’iziston-Turkiya Manas universitetida ta’lim bepul bo’lib, talabalar stipendiya bilan ta’minlanadi. Darslar esa qirg’iz va turk tillarida olib boriladi.

Amerika-Markaziy Osiyo universiteti AQShning mintaqadagi eng muhim ta’lim markazlaridan biri hisoblanadi. Mintaqada kelajakning liderlarini voyaga yetkazishni o’ziga maqsad qilib olgan ushbu markaz, har yili qariyb 500 talaba qabul qilmoqda. Tarkibida qariyb dunyoning 15 davlatidan kelgan talaba bor. Tubi Amerikaga borib taqaladigan ikkinchi ta’lim markazi 1997-yili Almatada tashkil topgan Qozoq-Amerika universitetidir.

Turk hamkorlik va koordinatsiya agentligi yani TIKAning Qozog’istonda, Qirg’izistonda, O’zbekistonda, Turkmanistonda olib borgan keng ko’lamli ta’lim, turizm, o'rmon, qishloq xo'jaligi va chorvachilik loyihalari mavjud.

Sovuq urush yillarida AQShning eng muhim propaganda vositalaridan biri sifatida tashkil topgan Ozod Yevropa radiosi butun post-Sovet hududida bo’lganidek Markaziy Osiyoda bugungi kunda ham o’z faoliyatini davom ettirmoqda.    

Roppa-rosa 8 yildan beri yani 2009-yilning 21-martidan beri o’z faoliyatini davom ettirgan va Turk dunyosining o’rtoq ovozi bo’lishni o’ziga maqsad qilib olgan TRT Avaz telekanali Turkiyaning mintaqaga bag’ishlangan eng muhim investitsiyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu telekanalda dasturlar qozoq, qirg’iz, o’zbek, turkman va ozarbayjon shuningdek Bosniya tillarida berilib boradi. Anadolu axborot agentligining rus tilidagi xizmati esa Turkiyaning ovozini mintaqaga yetkazgan ikkinchi kanal bo’lish xususiyatiga ega. Shuningdek Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi Tashqi xizmat bo’limining turli turk lahjalaridagi radio va internet berilishlari ham yuqorida nomi tilga olingan sohadagi eng muhim xalq diplomatiyasi vositasi hisoblanadi.    

Natijada, Amerika Qo’shma Shtatlari va Turkiya Respublikasi tajribalariga nazar tashlaganimizda tubi Amerika Qo’shma Shtatlariga borib taqaladigan nodavlat-notijorat tashkilotlar o’z faoliyatlarini davlat fikri yordamida olib borayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz. Xitoy bilan Rossiya kabi aktyorlar esa o’z faoliyatlarini to’g’ridan-to’g’ri davlat tashkilotlari ostida ko’rsatayotganligi hammaga ma’lum. Turkiya esa bu tajribalar orasida  o’ziga xos, muvaffaqiyatli model tashkil etish say harakati ichidadir.     

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodim Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar