Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 6-qism

Turk Kengashiga a’zo davlatlar Turkiston mintaqasining iqtisodiy va energiya tarmog’idagi siyosatida ham manbaa, hamda yo’nalish jihatidan muhim o’ringa ega.

673764
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 6-qism

Turk Kengashiga a’zo davlatlar Turkiston mintaqasining iqtisodiy va energiya tarmog’idagi siyosatida ham manbaa, ham da yo’nalish jihatidan muhim o’ringa ega. Shunday ekan keling bugungi dasturimizda Turk Kengashiga a’zo davlatlarning energiya tarmog’idagi kuch-qudrati haqida so’z qilaylik.

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz. 

Sovuq urush davrining natijalanishi ortidan hali hanuz tamomlanmagan bir o’zgarish jarayoni ichiga kirgan xalqaro tizimdagi bu yangilanishning qanday natija berishi hozircha noma’lum. Lekin ba’zi tendensiyalarning yaqin kunlarda e’tibor qozonajagi esa ma’lum bo’layotgandek. Sarmoya harakatlari, savdo faoliyatlari va texnologik o’zgarishlar supranatsional xarakter qozonib, borgan sayin yoyilib bormoqda. Bu vaziyat transchegaraviy manfaat gruhlari bilan boshqa millatlarga mansub shaxslarni katta manfaatlar bilan bir-biriga bog’lamoqda. Bu borada Turk Kengashi tajribasi turli qirralari bilan qo’lga olinishi kerak bo’lgan muhim hodisa hisoblanadi.

Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar hamkorligi kengashi, turk tilida so’zlashuvchi davlatlar o’rtasida keng ko’lamli hamkorlikni rag'batlantirish maqsadida xalqaro tashkilot sifatida 2009-yili tashkil topdi. Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkiya Turk Kengashini tashkil etgan davlatlar hisoblanadi. Turkmaniston doimiy betaraf davlat maqomi yuzasidan, O’zbekiston esa ba’zi siyosiy masalalar tufayli kengashga a’zo bo’lmagan.

Yuqorida ham aytib o’tganimizdek Turk Kengashiga a’zo davlatlar Turkiston mintaqasining iqtisodiy va energiya tarmog’idagi siyosatida ham manbaa, hamda yo’nalish jihatidan muhim o’ringa ega. Shunday ekan quyida Turk Kengashiga a’zo davlatlarning energiya tarmog’idagi kuch-qudratiga nazar tashlaylik.

Ozarbayjon: 2016-yildagi Global statistik ko’rsatkichlarga ko’ra Ozarbayjon butun dunyo neft zaxiralarining 0.4 foiziga ega. Jami zaxira esa 7 milliard barrel. 2015-yili bir kunda qariyb 841 ming barrel qazib chiqaradi va buning 99 ming barrelidan o’zi foydalanadi. Tabiiy gazda esa 2015-yildagi statistik ko’rsatkichga ko’ra butun dunyo tabiiy gaz zaxirasining 0.6 foiziga, jami 1.1 trillion m3 zaxiraga ega. 2015-yili qariyb 18 milliard m3 qazib oldi va 9.8 milliard m3 “idan o’zlari foydalandi”. 7.8 milliard m3 ni tashkil etgan tabiiy gaz eksportining 5.3 milliard m3 ini Turkiyaga, 2.1 milliard m3 ini esa Yevropaga eksport qildi.   

Qozog’iston: 2016-yildagi Global statistik ko’rsatkichlarga ko’ra Qozog’iston butun dunyo neft zaxiralarining 1.8 foiziga (30 milliard barrel zaxira) ega. 2015-yili bir kunda qariyb 1 million 669 ming barrel qazib chiqardi va buning 271 ming barrelini o’zi ishlatdi. Tabiiy gazda esa 2015-yildagi statistik ko’rsatkichga ko’ra butun dunyo tabiiy gaz zaxirasining 0.5 foiziga, jami 0.9 trillion m3 zaxiraga ega. 2015-yili 12.4 milliard m3 qazib oldi va 8.6 milliard m3 “idan o’zlari foydalandi”. Lekin AQSh Energiya vazirligining Energetik axborot boshqarmasi (EIA) ma’lumotiga ko’ra Qozog’istonning chet elga ko’pgina gaz eksport qilganligini aytish murakkab. Shunga qaramay vaqti-vaqti bilan Xitoy va Rossiyaga oz bo’lsa ham tabiiy gaz eksport qilib turipti va Qozog’istonning bu mamlakatlarning Turkmaniston bilan bo’lgan tabiiy gaz quvir liniyalari yo’lida joylashishi mamlakatga tabiiy gaz jihatidan alohida o’rin qozondirmoqda.     

Qirg’iziston: Qirg’iziston energiya manbaalari jihatidan boy mamlakat deb hisoblanmaydi. Shuning uchun ham bu haqida ma’lumot olish murakkab. AQShdagi energetika zaxiralari axborot tizimi boshqaruvi bo’sh bo’lish bilan birga bu borada to’plangan ma’lumotga ko’ra Qirg’izistonda deyarli hech neft va tabiiy gaz yo’q. Mamlakatning neft va tabiiy gaz ehtiyojlari chet eldan import yo’li orqali ta’minlamoqda.

Turkiya: 2016-yildagi Turkiya neft-gaz korporatsiyasining ma’lumotlarga ko’ra 2015-yili Turkiyada bir kunda qariyb 51 ming barrel xom neft qozib chiqarildi. Bunga qarshi bir kunda 796 ming barrel xom neft ishlatildi. Bir kunda 503 ming barrel atrofida xom neft import qilindi. Turkiya 2015-yili o’zida qozib chiqarilgan mahalliy xom neftdan 6.4 foizidan foydalandi. 2015-yili Turkiyada qazib chiqarilgan tabiiy gaz, foydalanilgan tabiiy gazga nisbatan 10 barobarga kamayar ekan bu raqam, oxirgi on yilning eng kami hisoblanadi yani 0.8 foiz. 2008-yili 1 milliard m3 gacha ko’tarilgan tabiiy gaz qazib chiqarish faoliyati 2015-yili 398.7 million m3 ga tushdi. Boshqacha qilib aytganda neft sohasidagi import 93.6 foizni tashkil etar ekan bu raqam tabiiy gaz sohasida esa 99.2 foizni ko’rsatmoqda.     

Qisqasi, Turk Kengashiga a’zo davlatlarda tabiiy gaz yetarsizroq lekin neft ortig’i bilan mavjud. Tabiiy gazdagi muammo qayta tiklanadigan energiya sohasida amalga oshiriladigan investitsiyalar orqali kengashga a’zo davlatlar o’rtasida hal qilinishi mumkin.

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodim Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar