Turk olamidan xabarlar 6-qism

O’zbekistonda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

667956
Turk olamidan xabarlar 6-qism

                              

O’zbekistonda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Mazkur jamg’arma O‘zbekiston Moliya vazirligi huzurida tashkil etiladi va bu jamg’armaga davlat tomonidan 2.6 mlrd dollar mablag’ ajratiladi.

Bu O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 18-yanvarda imzolangan “2017−2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida"gi qarorida keltirib o‘tilgan.

Jamg‘arma Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy jihatdan ishonchli va barqaror ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida umumiy qiymati 8,422 trln so‘mlik loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Dastur yangi ish o‘rinlarini yaratish, mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash, suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya va maishiy chiqindilardan foydalanish, sog‘liqni saqlash tizimlari, aholi turar joy sharoitlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, bolalar va sport maydonchalarini tashkil etish, transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, sug‘orish va tashqi yoritish tarmoqlarini takomillashtirish, zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarini joriy etgan holda orolbo’yi mintaqasining issiqlik ta’minoti tizimlarini yaxshilashni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, Orolbo‘yi mintaqasida joylashgan viloyatlardagi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlaridagi ta’minoti uchun, “Barkamol avlod” markazlaridagi, musiqa va san’at maktablaridagi mashg‘ulotlar uchun ota-onalarning har oylik to‘lovi miqdorlari, shuningdek aholining madaniyat va dam olish markazlaridagi to‘lov miqdorlari respublika bo‘yicha belgilanganidan 2 baravar kam darajada o‘rnatildi.

Shu bilan birga, hududda muhtoj oilalarga, birinchi navbatda, yolg‘iz fuqarolar, pensionerlar, boquvchisi nogiron oilalar hamda boshqa kam ta’minlangan toifadagi aholi va oilalarga qishloq (mahalla) fuqarolar yig‘inlarining komissiyalari qaroriga binoan tayinlanadigan eng kam oylik ish haqining 2−5 baravari miqdorida bir marta beriladigan moddiy yordam shaklidagi ijtimoiy nafaqaning yangi turi joriy etiladi.

Oroldan oqilona foydalanmaslik va o’ta qurg’oqchilik ta’sirida qishloq-ho’jalik va baliqchilik faoliyatlari to’xtab qolgan edi.

Ang achinarlisi shuki, Orolbo’yi mintaqasida suv tanqisligi sababli turli yuqumli kasalliklar tarqalgan edi.

 

Navbatdagi xabarimiz Turkmanistondan olingan.

Turk shirkatlari Turkmanistonda strategik loyihalarni bunyod etishda katta mas’uliyatni zimmasiga olmoqda.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 12 fevral kuni bo’lib o’tadigan saylov arafasida Bolqon, Mari, Lebab va Dashog’uz viloyatlaridan keyin poytaxt Ashxabodga yaqin viloyatlardan biri Ahal viloyatida tekshiruv olib bordi.

Turkmaniston prezidenti saylov oldi tashviqotlar doirasida amalga oshirgan ziyoratlarda Turkmanistonning yangi investitsiyalari va muhim loyihalarida turk shirkatlarining zimmasiga olgan mas’uliyatga e’tibor qaratdi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bu hafta Ahal viloyatida turk shirkati bilan yapon firmasi tomonidan barpo etilayotgan tabiiy gazdan benzin ishlab chiqarish muassasasini ko’zdan kechirdi.

2018 yili tamomlanishi rejalangan va jami moddiy qiymati 1 mlrd 700 mln dollarni tashkil qilgan muassasasada 600 ming tonna evro-5 standartida 92 benzin olish uchun 1 mlrd 785 mln kub metr tabiiy gaz xomashyosidan foydalaniladi.

Kundalik 1800 tonna benzin ishlab chiqarish hajmiga ega bo’ladigan ushbu muassasadan Turkmaniston yana ham ko’p zahira hajmiga ega bo’ladigan tabiiy gazni sanoat mahsulotlariga aylantirishda foydalanadi.

Qolaversa, ushbu muassasa yilda 12 ming tonna solyarka yoqilg’isi va 115 ming tonna suyuqlashtirilgan gaz ishlab chiqarish hajmiga ega bo’ladi.

Ahal viloyatiga tashrifi chog’ida mahalliy aholi bilan uchrashgan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 2017-2023 yillar mobaynida Ahal viloyatida 50ga yaqin maktab, bolalar bog’chasi, shifoxonalar va madaniyat markazlari barpo etilishini, parrandachilik va chorvadorchilik korxonalari hamda sut va o’simlik yog’i ishlab chiqarish zavodlari qurilishini ma’lum qildi.

 

Navbatdagi xabarimiz Tataristondan olingan.

Joriy yilning 18-20 may kunlari Tataristonning poytaxti Qozon shahrida Qozon sammit-2017 forumi bo’lib o’tadi.

 Har yili Rossiya va Islom taraqqiyot tashkilotiga a’zo davlatlar ishtirokida bo’lib o’tadigan sammitga sanoqli kunlar qoldi.

Shu munosabat bilan katta tayyorgarlik ketayotgan forumga 50 davlatdan 2 ming ishtirokchining qatnashishi kutilmoqda.

Bu doirada Qozon shahri iqtisodiy hamkorlik asosidagi bir qancha muhim xalqaro faoliyatga mezbonlik qiladi.

Forumga Turkiyadan Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi qatnashadi.

Har yili Tatariston Prezidenti Rustam Munnihanov mezbonligida bo’lib o’tadigan sammitga o’tgan yili 51 davlatdan 1556 vakil tashrif buyurgan edi.

Sammitda ijtimoiy tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, atrof-muhit, xayriya fondlarining ishga tushishi, turizm, geoiqtisodiyot, islom ta’limi va boshqa sohalar bo’yicha fikr almashiladi.

Sammit doirasida “Rossiya Xalol EXPO” nomli xalol mahsulotlar yarmarkasi ochiladi.

Qozon sammiti Rossiya va islom davlatlari o’rtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

 

 



Aloqador xabarlar