Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 4-qism

Dasturimizning bugungi bo'limida Turkiyaning Turkistonga qaratilgan Xalq diplomatiyasi doirasida faoliyat olib borayotgan 3 ta muhim tashkilot TRT, TIKA va BYEGM haqida so’z qilamiz.

659454
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 4-qism

Bugungi kunda axborot va fuqarolik jamiyati asosidagi diplomatiya faoliyatlari xalq diplomatiyasi degan tushuncha bilan birgalikda ifoda etilmoqda. Shunday ekan biz ham bugungi dasturimizda Turkiyaning Turkistonga qaratilgan Xalq diplomatiyasi doirasida faoliyat olib borayotgan uchta muhim tashkilot TRT, TIKA va BYEGM haqida so’z qilamiz.

Assalomu alaykum aziz dasturimiz muxlislari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limi, Tadqiqot yordamchisi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Turkiya 2000-yillardan beri tarixiy va madaniy merosini ham ta’kidlagan holda ko’p qirrali tashqi siyosat kuzatib kelmoqda. Shunday ekan xalq diplomatiyasi ham uning muhim bo’lagiga aylandi. Shu doirada Turkiyaning Turkistonga qaratilgan Xalq diplomatiyasida uchta muhim tashkilot hisoblangan Turkiya Respublikasi Bosh vazirlik qoshidagi Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi shuningdek Matbuot va axborot agentligi faoliyatlari alohida o’ringa ega.

Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligining Qozog’istonga atalgan ta’lim faoliyatlari ro'yhatida mamlakatdagi o’qituvchilar bilan o’quvchilarga bag’ishlangan kasbiy ta’lim dasturlarini tayyorlash, yotoqxona qurish, servis vositasi va ularni turli xil materiallar bilan ta’minlash kabi faoliyatlari mavjud. Sog’likni saqlash sohasida; qozoq shifokorlar bilan birgalikda ta’lim dasturlari tayyorlash, tibbiy markazlariga kerakli jihozlar yetkazib berish shuningdek kasalxonalarni reabilitatsiya uskunalari bilan ta’minlash kabi faoliyatlari mavjud. Boshqaruv va fuqarolik infratuzilmasini himoya qilish sohasida; Qozog’istondagi Davlat kadrlarini boshqaruv markazi bilan Qozog’iston Milliy banki mutahassislariga ta’lim berishlik, tarjima markazining tashkil etilishi va terrorizmga qarshi kurash borasida hamkorlik faoliyatlari o’rin olmoqda. Aytib o’tish joizki turk jamiyatlarini turli texnik jihozlar bilan ta’minlash, nogironlarga atab servis vositasi bag’ishlash, maktab, kitobxona va yetimxonalarni mebel va texnika bilan ta’minlash kabi faoliyatlar olib borilmoqda. Aloqa sohasida Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar va xalqlar haqida hujjatli film tayyorlanishiga yordam berish va qishloq xo’jalik sohasida, meva va paxta yetishtirish masalasida hamkorlik faoliyatlari tartibga solish kabi mavzularda TIKAning hissasi katta.

TIKAning Qirg’izistondagi ta’lim faoliyatlari ro'yhatida o’quv markazlarini kerakli jihozlar va kitoblar bilan ta’minlash; yotoqxonalar qurishga yordam berish va tarixdan bugungi kungacha yetib kelgan qirg’iz-turk munosabatlari borasida xalqaro simpozium kabi ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlaydigan tadbirlarga yordam berishlik mavzulari o’rin olmoqda. Sog’likni saqlash sohasida esa kasalxonlarni tamirlash va unga kerakli jihozlarni yetkazib berishlik faoliyatlariga alohida e'tibor berilmoqda. Shuningdek suv va sog’likni saqlash sohasida ichimlik suvi bilan ta’minlash va sug’orish loyihalari o’rin olmoqda. Boshqaruv va fuqarolik infratuzilmasini himoya qilish sohasida; Bosh prokuror kabi oliy darajali byurokratlarga ta’lim berish dasturlari va davlat tashkilotlarini texnik jihoz bilan ta’minlanish; Turk jamiyatlarini qo’llab-quvvatlash faoliyatlari ko’zga tushadi. Shu bilan birga bolalar bog’chasi, yetimxona, yarmarkalar va ahiskalik turklarga atalgan madaniy faoliyatlarni o’z ichiga olgan boshqa xizmatlar qo’llab-quvvatlanmoqda.   

Sog’likni saqlash sohasi O’zbekistondagi eng faol faoliyatlardan biri hisoblanadi. Unda shifokorlarning malaka oshirishlari, yuzlab bolalarni tibbiy tekshiruvdan o’tkazish va jarrohiy amaliyotlar, minglab kishilarga tibbiy sohada xizmat qilish kabi faoliyatlar o’rin olgan. Keksalar uyi va jamiyatlarni kerakli jihozlar bilan ta’minlash shuningdek Turkiyada bolalarga bag’ishlangan 23-aprel bayramida o’zbekistonlik bolalarning ham ishtirok etishining qo’llab-quvvatlanishi kabi faoliyatlarni aytish mumkin. Aloqa sohasida turli jurnallarning chop etilishining qo’llab-quvvatlanishi, qishloq xo’jalik va turizm sohasida amalga oshirilgan amaliy ziyoratlar va seminarlar TIKAning O’zbekistonda yuritgan yana-da boshqa faoliyatlari hisoblanadi.   

TIKA Turkmanistonda ta’lim, sog’likni saqlash, turizm, o’rmonchilik, qishloq xo’jaligi va chorvachilik masalalarida hamkorlikning ta’minlanishi kabi mavzularda o’z faoliyatlarini davom ettirmoqda. Bu bilan birga ma’muriy va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikning o’rnatilishi shuningdek u yerdagi mutahassislarning malaka oshirishi kabi mavzular bilan birgalikda mavzeleylarning qayta tiklanishi kabi faoliyatlarni qo’llab-quvvatlamoqda.

Ommaviy axborot vositasi sohasidagi eng muhim faoliyatlardan biri Matbuot va axborot agentligi (BYEGM) tomonidan yuritilgan Turk tilida so’zlashuvchi davlat va jamiyatlar Media platformasidir (TURKMEP). Ushbu platforma 2010-yili Matbuot va axborot agentligi va Tashqi ishlar Strategik tadqiqotlar markazi hamkorligida “Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar ommaviy axborot vositasi forumi”ni rivojlantirib, Turk tilida so’zlashuvchi davlat va jamiyatlar Media platformasining tashkil topishini ta’minladi. Turk kengashi Davlat rahbarlari IV sammitida qabul qilingan qarorga muvofiq kelasi yillarda Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar hamkorligi qoshida tashkil topishi rejalashtirilgan “Turk dunyosining o’rtoq axborot kanali”ning asosini ham Turk tilida so’zlashuvchi davlat va jamiyatlar Media platformasi amalga oshirmoqchi.  

Matbuot va axborot agentligi tomonidan mintaqaga qaratilgan faoliyatlardan yana biri Turkiyaning Ommaviy axborot vositasi ta’lim dasturidir. Ushbu dastur yosh OAV a’zolarinining Turkiyada malaka oshirishlarini va Turkiyaning tanitilishini o’ziga maqsad qilib olgan. Shuningdek Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining Ta’lim boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan Xalqaro OAV ta’lim dasturida markaziy osiyolik OAV a’zolarining ishtiroki Matbuot va axborot agentligi hamkorligida ta’minlanmoqda.

Roppa-rosa 8 yildan beri yani 2009-yilning 21-martidan beri o’z faoliyatini davom ettirgan va Turk dunyosining o’rtoq ovozi bo’lishni o’ziga maqsad qilib olgan TRT Avaz telekanali Turkiyaning mintaqaga bag’ishlangan eng muhim investitsiyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu telekanalda dasturlar qozoq, qirg’iz, o’zbek, turkman va ozarbayjon shuningdek Bosniya tillarida berilib boradi. Anadolu axborot agentligining rus tilidagi xizmati esa Turkiyaning ovozini mintaqaga yetkazgan ikkinchi kanal bo’lish xususiyatiga ega. Shuningdek Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi Tashqi xizmat bo’limining turli turk lahjalaridagi radio va internet berilishlari ham yuqorida nomi tilga olingan sohadagi eng muhim xalq diplomatiyasi vositasi hisoblanadi.                 

 

 


Tanlangan kalimalar: #xalq diplomatiyasi , #TRT , #TIKA , #BYEGM

Aloqador xabarlar