O'zbekiston bilan Qirg'iziston o'zaro munosabatlarini yana da yaxshilamoqchi

Shu doirada kecha O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg’iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidiqov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

659113
O'zbekiston bilan Qirg'iziston o'zaro munosabatlarini yana da yaxshilamoqchi

2017-yilning 24-yanvari kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg’iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidiqov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra uchrashuvda O’zbekiston-Qirg’iziston kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilingan shuningdek, bo’lajak turli darajalardagi uchrashuvlarning jadvali va mavzusi yuzasidan fikr almashilgan.

Suhbat chog’ida davlat rahbarlarining topshiriqlari nuqtayi nazaridan ikki tomonlama hamkorlikni yana da rivojlantirishning amaliy jihatlari ham ko’rib chiqilgan.

 



Aloqador xabarlar