Moskvada O’zbekiston va Rossiya o’rtasida siyosiy maslahatlashuv bo’lib o’tdi

Ma’lumotga ko’ra ushbu maslahatlashuvda Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Vasiliy Nebenzya boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan.

656274
Moskvada O’zbekiston va Rossiya o’rtasida siyosiy maslahatlashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 19-yanvari kuni Moskva shahrida O’zbekiston-Rossiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo’lib o’tdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra muzokaralarda Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Vasiliy Nebenzya boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan.

Muloqot davomida MDH doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari hamda O’zbekiston-Rossiya kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

Shuningdek maslahatlashuvlarda Toshkent shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo’lajak majlisiga va ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish jarayoniga alohida e’tibor ham qaratilgan. 

 



Aloqador xabarlar