O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov shu yilning 11 yanvar kuni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Daniyar Sidikovni qabul qildi.

649610
O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorlikni kengaytiradi.

Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov shu yilning 11 yanvar kuni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashdi.

Qirg‘iziston elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, tomonlar ikki mamlakat poytaxtlarining savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligi masalalarini muhokama qildi.

Jumladan, qo‘shma korxonalar tashkil etish, turli sohalar, xususan, turar-joy kommunal va transport jabhalarida tajriba almashish bilan bog‘liq biznes-forumlar, davra suhbatlari o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, yaqin istiqbolda ikki davlat poytaxtlari madaniyat kunlarini o‘tkazish muhokama qilindi.



Aloqador xabarlar