Qozog’iston, BMT Xavfsizlik Kengashining birinchi majlisida ishtirok etdi

Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan majlisga qozog’istonlik delegatsiyani, Qozog’iston Respublikasining Vaqtinchalik ishonchli vakili Barlibay Sadiqov boshlab bordi.

644261
Qozog’iston, BMT Xavfsizlik Kengashining birinchi majlisida ishtirok etdi

Kecha, 2017-yilning 3-yanvari kuni Qozog’iston, BMT Xavfsizlik kengashining vaqtinchalik a’zosi sifatida 2017-yilgi Kengashning birinchi majlisida ishtirok etdi.

Majlis mobaynida 2017-yilning yanvar oyiga bag’ishlangan Xavfsizlik kengashining ish dasturi bekitildi. Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan majlisga qozog’istonlik delegatsiyani, Qozog’iston Respublikasining Vaqtinchalik ishonchli vakili Barlibay Sadiqov boshlab bordi.   

Hay’atga yetakchilik qilgan Barlibay Sadiqov majlisda so’zlagan nutqida, Qozog’iston o’zinining vaqtinchalik a’zolik davrida eng avvalo xavfsizlik chora-tadbirlarining orttirilishi, to’qnashuvlarga mone’lik qilishlik va xalqaro terrorizmga qarshi kurash mavzularini qo’lga olmoqchi ekanligini bildirdi.

Sadiqov shuningdek, BMTning 100-yillik yubileyigacha yani 2045-yilgacha yadrosiz, urushsiz va to’qnashuvsiz dunyo yaratish uchun mushtarak say-harakatning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Qozog’iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdirahmanovning kelasi hafta, BMT Xavfsizlik kengashining, “To’qnashuvlarning oldini olish va tinchlikni himoya qilish” deb nomlangan muzokarada ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Qozog’iston, o’tgan yilning iyun oyida 138 ovoz bilan BMT Xavfsizlik kengashi 2017-2018 davri vaqtinchalik a’zoligiga saylangan edi.



Aloqador xabarlar