Qirg’iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev amaliy tashrif bilan O’zbekistonga ketdi

Qirg’zisiton Prezident apparatining tashqi siyosat bo’yicha bo’lim boshlig’i Sapar Isaqovning aytishicha, Atambayev Shavkat Mirziyoyev tomonidan Prezident sifatida qabul qiladigan birinchi chet ellik Davlat rahbari bo’ladi.

637023
Qirg’iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev amaliy tashrif bilan O’zbekistonga ketdi

Qirg’iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev bugun, 2016-yilning 24-dekabri kuni amaliy tashrif bilan O’zbekiston Respublikasining Samarqand shahriga jo’nab ketdi.

Ushbu tashrif davomida Almazbek Atambayev O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti marhum Islom Abdug’aniyevich Karimov qabriga gulchambar qo’yadi.

Qirg’iz Respublikasi Prezidenti rasmiy internet portalida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra Almazbek Atambayev Samarqandda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Ikki mamlakat liderlari Qirg’iziston va O’zbekiston munosabatini yana-da mustahkamlash yo’llari, xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar to’g’risida fikr almashadi.

Qirg’zisiton Prezident apparatining tashqi siyosat bo’yicha bo’lim boshlig’i Sapar Isaqovning aytishicha, Atambayev Shavkat Mirziyoyev tomonidan Prezident sifatida qabul qiladigan birinchi chet ellik Davlat rahbari bo’ladi. 
 



Aloqador xabarlar