Toshkentda O'zbekiston va Qozog'iston ishchi guruhlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi

O'zbekiston delegatsiyasiga Qishloq va suv xo'jaligi vaziri o'rinbosari Shavkat Xamrayev, Qozog'iston delegatsiyasiga esa, Qishloq xo'jaligi vazir o'rinbosari Yerlan Nisanbayev boshchilik qildi.

628173
Toshkentda O'zbekiston va Qozog'iston ishchi guruhlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi

Shu yilning 8-9 dekabr kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi va Qozog'iston Respublikasi ishchi guruhlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bu haqda, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda suv bilan bog'liq munosabatlarning barcha yo'nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish maqsad qilingan.

O'zbekiston delegatsiyasiga Qishloq va suv xo'jaligi vaziri o'rinbosari Shavkat Xamrayev, Qozog'iston delegatsiyasiga esa, Qishloq xo'jaligi vazir o'rinbosari Yerlan Nisanbayev boshchilik qildi.

Muzokaralar chog'ida yaqinda bo'lib o'tgan oliy darajadagi O'zbekiston-Qozog'iston muloqotlari davomida erishilgan kelishuvlar nuqtai nazaridan suv masalalari bo'yicha ikki mamlakat hamkorligining amaliy jihatlari do'stona va konstruktiv ruhda muhokama qilindi.

Ma’lum bo’lishicha, uchrashuv yakunida Bayonnoma imzolangan.

Ishchi guruhlarning navbatdagi uchrashuvi Qozog'iston hududida bo'lib o'tishi rejalandi.

 



Aloqador xabarlar