Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Prezidenti R.T. Erdog'anga ta'ziya maktubi yo'lladi

Aliyev:“Qonli terror hujumini qoralaymiz. Terrorizmga qarshi barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, qattiq kurash olib borishimiz kerak. Qonli terakt sababli halok bo’lganlarning yaqinlariga, qardosh turk xalqiga ta'ziya bildiraman"

628184
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Prezidenti R.T. Erdog'anga ta'ziya maktubi yo'lladi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Prezidenti R.T. Erdog'anga Istanbuldagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Aliyev Turkiya Prezidenti R.T. Erdog'anga yo’llagan ta’ziya maktubida, Istanbulda sodir bo’lgan teraktda ko’plab begunoh insonlarning nobud bo’lganidan chuqur iztirobda ekanini ma’lum qilgan.

“Ushbu qonli terror hujumini qoralaymiz. Terrorizmga qarshi barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, qattiq kurash olib borishimiz kerak. Qonli terakt sababli sizga va halok bo’lganlarning yaqinlariga, qardosh turk xalqiga shaxsan o’zim va Ozarbayjon xalqi nomidan chuqur ta’ziya bildiraman. Yaradorlarga esa, shifo tilayman”,-deb yozadi Ilhom Aliyev ta’ziya maktubida.

 



Aloqador xabarlar