Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an O’zbekistonga tashrif buyurmoqda

Prezidentlik matbuot markazi ma’lum qilishicha, shu yilning 17-18 noyabr kunlari O’zbekistonning Samarqand shahriga tashrif buyuradi.

611247
Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an O’zbekistonga tashrif buyurmoqda

Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an shu yilning 16-17-noyabr kunlari Pokistonda, 17-18 noyabr kunlari esa, O’zbekistonda rasmiy uchrashuvlarni amalga oshiradi.

Prezidentlik matbuot markazi ma’lum qilishicha, Erdog’an Pokiston safari chog’ida, Pokiston Respublikasi Prezidenti Memnun Husayin va Bosh vazir Navaz Sherif bilan uchrashadi.

Shuningdek, Pokiston Milliy majlisi va Pokiston senatida hitob qiladi.

Bundan tashqari, Turkiya va Pokiston shirkatlarining rahbarlari ishtirokida yig’ilish o’tkaziladi.

Mazkur yig’ilishga Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Pokiston Bosh vaziri Navaz Sherif boshchilik qiladi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Pokiston Bosh vaziri Navaz Sherif poytaxt Islomoboddan Lahorga jo’nab ketadi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an Pokiston ziyoratini yakunlab, 17-18-noyabr kunlari O’zbekistonning Samarqand shahriga tashrif buyuradi.

Prezident R.T.Erdog’an tashrifi chog’ida, O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, Turkiya va O’zbekiston munosabatlarining istiqbolini atroflicha muhokama qiladi, mintaqaviy va xalqaro masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’anning Pokiston va O’zbekiston ziyorati davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni va hamkorlikni yanada mustahkamlashtirish jihatidan katta fursat yaratishi taxmin qilinmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar