Tojikiston va O'zbekiston aviaparvozlarni tiklashga harakat qilmoqda

Bugungi kunda O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida aviaqatnovlarni amalga oshirish to'g'risidagi hukumatlararo loyiha tayyor va ayni vaqtda o'zaro kelishish bosqichida turibdi.

602253
Tojikiston va O'zbekiston aviaparvozlarni tiklashga harakat qilmoqda

Tojikiston va O'zbekiston aviaparvozlarni tiklashga harakat qilmoqda 

Bugungi kunda O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida aviaqatnovlarni amalga oshirish to'g'risidagi hukumatlararo loyiha tayyor va ayni vaqtda o'zaro kelishish bosqichida turibdi. Sputnik Tojikiston agentligining  xabariga ko'ra,  bu haqda Tojikiston transport vaziri Sherali Ganjalzoda respublika parlamenti quyi palatasida qilgan ma`ruzasida ma`lum qilgan. 

Eslatib o'tamiz, ikki qo'shni mamlakat o'rtasidagi aviaqatnovlar 1992 yilda Tojikistondagi fuqarolik urushi boshlanishida to'xtatilgan edi. Tomonlar bir necha marta bu masalani kun tartibiga chiqargan bo'lsa-da, muzokaralar hozirgi bosqichga qadar yetib kelmagan. 

Bugungi kunda, Tojikistondan dunyoning 22 davlatiga aviaparvozlar amalga oshiriladi. 

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Tojikiston , #Abviaparvoz , #Tiklash

Aloqador xabarlar