Moskvada Islom Karimov xotirasiga atab haykal o'rnatiladi

O'zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali Moskvadagi O'zbekiston elchixonasi oldida, “Karimov” nomidagi xiyobonga o'rnatiladi.

599419
Moskvada Islom Karimov xotirasiga atab haykal o'rnatiladi

Moskvada Islom Karimov xotirasiga atab haykal o'rnatiladi.

Moskvada O'zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga atab haykal o'rnatish masalasi 8 dekabrda Moskva shahar dumasi huzuridagi monumental san`at bo'yicha komissiya yig'ilishida ko'rib chiqiladi va uning ijobiy hal qilinishiga shubha yo'q.

 Bu haqda TASS axborot agentligiga Rossiyada xizmat ko'rsatgan arxitektor Igor Voskresenskiy ma’lum qilgan.

"O'zbekiston elchixonasi Islom Karimovning haykalini o'rnatish taklifi bilan Rossiya hukumatiga murojaat qildi. Elchixona bu bilan O'zbekiston hukumati iltimosini bajargan xalos. Endi, Rossiya hukumati bu masala yuzasidan bizga murojaat qildi. Aminmanki, bu masala ijobiy hal qilinadi, chunki bu masala davlatlararo darajada muhokama qilinmoqda",-deydi Voskresenskiy.

Uning aytishicha, Karimovning haykali elchixona oldida, “Karimov” nomidagi xiyobonga o'rnatiladi.

Ta’kidlanishicha, marhum davlat yetakchilariga atab haykal qo'yish Moskvada o'ziga xos an`anaga aylangan. Shaharda Xo Shi Min (Vyetnam), Georgiy Dimitrov (Bolgariya), Indira Gandi (Hindiston) sharafiga ham haykallar o'rnatilgan.



Aloqador xabarlar