O'zbekiston va Jazoyir o'rtasida hamkorlik protokoli imzolandi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkentga tashrif buyurgan Jazoir Tashqi ishlar vazirligining Bosh kotibi Hasan Rabehi bilan uchrashdi.

593786
O'zbekiston va Jazoyir o'rtasida hamkorlik protokoli imzolandi

20-oktyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Jazoir Tashqi ishlar vazirligining Bosh kotibi Hasan Rabehi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan Jazoir Tashqi ishlar vazirligining Bosh kotibi Hasan Rabehi o’rtasida bo’lib o’tgan suhbat chog‘ida, ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida munosabatlarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda izchil rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Darvoqe, O‘zbekiston-Jazoir aloqalarining mustahkam shartnomaviy-huquqiy asosini yaratish va turli darajalardagi aloqalarni faollashtirish o‘zaro hamkorlikning muhim bosqichi sifatida xizmat qiladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan Jazoir Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik protokoli imzolandi.



Aloqador xabarlar