O‘zbekiston va Afg‘oniston o’rtasida ekstraditsiya to‘g‘risida bitim imzolandi

Mazkur bitim Toshkentda O‘zbekiston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolandi.

591436
O‘zbekiston va Afg‘oniston o’rtasida ekstraditsiya to‘g‘risida bitim imzolandi

 

Shu yilning 17-oktyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43 sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboni bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek,  hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv doirasida vazirlar O‘zbekiston bilan Afg‘oniston Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya (ushlab berish) to‘g‘risida bitimni imzoladilar.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Afg'oniston , #bitim

Aloqador xabarlar