O'zbekiston tarihi davlat muzeyida 300 mingdan ortiq eskponat saqlanayotgani ma`lum qilindi

O'zbekistonda sakkiz mingdan ortiq madaniy meros ob`Yekti davlat ro'yhatiga olingan. O'zbek halqining boy tarihidan dalolat beruvchi ushbu arheologik va me`moriy yodgorliklar, san`at asarlari, diqqatga sazovor joylarning har biri o'ziga hos tarihga ega.

588167
O'zbekiston tarihi davlat muzeyida 300 mingdan ortiq eskponat saqlanayotgani ma`lum qilindi

O'zbekiston tarihi davlat muzeyida 300 mingdan ortiq eskponat saqlanayotgani ma`lum qilindi

O'zbekistonda sakkiz mingdan ortiq madaniy meros ob`Yekti davlat ro'yhatiga olingan. O'zbek halqining boy tarihidan dalolat beruvchi ushbu arheologik va me`moriy yodgorliklar, san`at asarlari, diqqatga sazovor joylarning har biri o'ziga hos tarihga ega. Bu haqda O'zA yozmoqda.

O'zbekiston tarihi davlat muzeyi yurtimiz tarihi va buguni jo bo'lgan ana shunday ma`rifat o'chog'idir. Ushbu muzeyni mamlakatdagi eng yirik ma`naviyat va ma`rifat maskanlaridan biri, deb aytish mumkin. Uning zahirasida 300 mingdan ortiq bebaho osori-atiqa, arheologiya, numizmatika, etnografiya, tasviriy san`at namunalari va hujjatlar saqlanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 apreldagi qaroriga muvofiq mustaqil ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida qayta tashkil etilgan bu maskanga 1994 yili davlat muzeyi maqomi berildi. Muzeyda 250 mingdan ortiq eksponat jamlangan. Shundan 60 mingtasi arheologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 minggi etnografiyaga doir. Muzeyda 100 mingga yaqin arhiv hujjati, kitoblar saqlanadi.

Muzey kollektsiyalari asosida yaratilgan elektron ma`lumotlar muzey eksponatlari bilan tanishish, muzey ekspozitsiyasi, ko'rgazmalar faoliyatini rivojlantirish, muzey fondidagi ashyolar haqidagi ma`lumotlardan foydalanish imkonini beradi.

XVIII – XIX asrlarda hunarmandlikning yuksak darajada rivojlanganligi ekspozitsiyadagi sopol, kandakorlik mahsulotlari,  bahmallar, adraslar va zardo'zlik san`ati namunalarida o'z aksini topgan. 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #muzeyi , #300 , #eskponat

Aloqador xabarlar