O'zbekiston va Qozog'iston munosabatlarining istiqboli...

O'zbekiston Bosh vazir o'rinbosari Ulug'bek Ro'ziqulov shu yilning 8 oktyabr kuni Astana shahrida Qozog'iston Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev bilan uchrashdi.

585845
O'zbekiston va Qozog'iston munosabatlarining istiqboli...

O'zbekiston va Qozog'iston hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda.

O'zbekiston Bosh vazir o'rinbosari Ulug'bek Ro'ziqulov shu yilning 8 oktyabr kuni Astana shahrida Qozog'iston Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev bilan uchrashdi.

Qozog'iston Respublikasi Bosh vazirligining rasmiy saytida bu haqda ma’lumot berildi. 

Manbaga ko'ra, uchrashuv chog’ida tomonlar ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, O'zbekiston va Qozog'iston kimyoviy va neft-kimyoviy sohalarida ham aloqalarni yanada mustahkamlashi zarurligi ta’kidlab o’tildi.

O'zbekiston va Qozog'iston vakillari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni faollashtirishga doir bundan avval yo’lga qo’yilgan kelishuvlarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi. 

 



Aloqador xabarlar