Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Samarqandga tashrif buyurdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin:“Islom Karimovning qabrini ziyorat qilish va uning xotirasiga ta`zim bajo keltirish uchun albatta Samarqandga boraman",-degan edi.

566046
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Samarqandga tashrif buyurdi

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga tashrif buyurdi.

Bu haqda Putin Xitoyda bo’lib o’tgan G-20 cammitidan so`ng jurnalistlarga bergan intervyusi chog`ida ma`lum qilgan edi.

“Islom Karimovning qabrini ziyorat qilish va uning xotirasiga ta`zim bajo keltirish uchun albatta Samarqandga boraman”, — degan edi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin.

Rossiya Prezidentini O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev kutib oldi.

Rossiya rahbari Vladimir Putin Prezident Islom Karimovning qabriga gul qo`yib, uni xotirladi va Karimovning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

 



Aloqador xabarlar