O'zbekiston Respublikasi ta'ziyalarni qabul qilmoqda

Turkiyaning Toshkentdagi favqulodda va muxtor elchisi Namik Guner Erpul:“Qardosh o’zbek xalqining qayg’usiga sherikmiz. Bu biz uchun eng katta yo’qotish bo’ldi”

565608
O'zbekiston Respublikasi ta'ziyalarni qabul qilmoqda

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi.

Mamlakatdagi barcha davlat tashkilotlarida bayroqlar yarmiga tushirildi.

Toshkentdagi Senato binosidagi ulkan zalga O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning portreti qo’yildi.

Shuningdek, zalda O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning xotirasi uchun ta’ziya daftari ochildi.

Turkiyaning Toshkentdagi favqulodda va muxtor elchisi Namik Guner Erpul ta'ziya daftariga hamdardlik tilaklarini yozib, senato raisi Nigmatulla Yoldashevga ta’ziya bildirdi.

Namik Guner Erpul Senato binosiga kelib, marhum prezident Islom Karimov ruhiga fotiha o’qidi. So’ngra, ta’ziya daftariga hamdardlik tilaklarini yozgan Erpul, O’zbekiston Senato raisi Nigmatulla Yoldashev, Senato Tashqi aloqalar komiteti raisi Sadik Safayev va boshqa senatorlarga ta’ziya bildirdi.

Erpul: “Qardosh o’zbek xalqining qayg’usiga sherikmiz. Bu biz uchun eng katta yo’qotish bo’ldi”,-dedi.

O’zbekistonda faoliyat ko’rsatgan xorij davlatlarning elchilari, nodavlat tashkilot rahbarlari va fuqarolar Senato raisi Nigmatulla Yoldashev va boshqa senato a’zolariga ta’ziya izhor qilmoqdalar.

Erta tongdan boshlab insonlar ta’ziya bildirish uchun Senato binosiga kelmoqdalar.

Mamlakatdagi davlat tashkilotlari va muassasalar ham Karimov xotirasi uchun gulchambar qo’ydilar.

Toshkentda faoliyat ko’rsatgan xorij missiyasi rahbarlari Senato binosiga tashrif buyurib, ta’ziya daftariga hamdardlik tilaklarini yozmoqda.

O’tgan shanba kuni miyaga qon quyilishi tashxisi bilan yotkizilgan shifoxonada olamdan o’tgan Islom Karimov tug’ilgan shahri Samarqanddagi Shoxi Zinda qabristoniga dafn qilindi. 1938 yili tug’ilgan Islom Karimov 1989 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar