Ozarbayjon, Eron va Rossiya davlat rahbarlari Bakuda uchrashdi

Sammitga mezbonlik qilgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning fikricha, mazkur uch davlat rahbarining uchrashuvi mintaqaning istiqboli uchun katta ahamiyat kasb etadi.

548202
Ozarbayjon, Eron va Rossiya davlat rahbarlari Bakuda uchrashdi

Ozarbayjon, Eron va Rossiya davlat rahbarlari Bakuda to’plandi.

Sammit chog’ida energetika, transport, terrorizmga qarshi kurash, Kaspiy dengizining kelajagi kabi qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Sammitga mezbonlik qilgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning fikricha, mazkur uch davlat rahbarining uchrashuvi mintaqaning istiqboli uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Aliyev: “Rossiya-Eron-Ozarbayjon o’rtasidagi uchrashuv mintaqada barqarorlikni ta’minlash yo’lida katta ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlarga egamiz. Muzokaralarimiz davom etadi”,-dedi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham uch davlat o’rtasidagi muzokaralar mintaqa ravnaqi uchun muhim ro’l o’ynashini ta’kidladi.

“Bugun davlatlarimiz o’rtasidagi munosabatlarida yangi sahifa ochyabmiz”,-deydi Vladimir Putin.

Putin: “Mana shunday formatga ehtiyoj bor edi. Bunday hamkorlik Kaspiy dengiz mintaqasining ravnaqiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi”,-dedi.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qilishicha, qo’shni davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish Eron tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir.

Ruhoniy: “Bunday formatni tashkil qilish, uch davlat o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish juda muhim edi. Qo’shni davlatlar bilan bo’lgan munosabatlarni rivojlantirish Eron tashqi siyosatining asosiy maqsadidir”,-dedi.

Sammit yakunida liderlar mushtarak bildiruvga imzo qo’ydi.

Bildiruvda terrorizmga qarshi mushtarak kurash olib borish, energetika, transport, turizm kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish mavzulari nazarda tutilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Eron , #Rossiya , #sammit

Aloqador xabarlar