Ozarbayjon Qurolli kuchlarining 98 yilligi...

Ilhom Aliyev:“Ozarbayjon qo’shini qahramonlik ko’rsatib, ishg’ol ostidagi territoriyalarning bir qismini dushman qo’lidan qutqardi. Umid qilamanki, Armaniston bu qahramonlikdan ibrat oladi"

518492
Ozarbayjon Qurolli kuchlarining 98 yilligi...

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Qurolli kuchlarining 98 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirga tashrif buyurdi.

Shuningdek, ushbu sana arafasida ofitserlar uchun qurilgan turar-joy binolarining ochilish marosimiga qatnashdi.

Ozarbayjon askarlari katta qobiliyatga ega ekanini tilga olgan Aliyev: “Oxirgi paytlarda chegarada ro’y bergan hodisalarning natijasi buni isbotlab turibdi. Ozarbayjon qo’shini eng qudratli qo’shinlardan biridir. Vatansevarlik tuyg’usi yuqori darajada. Aprel oyida ro’y bergan to’qnashuvlar Ozarbayjonga bas kelib bo’lmasligini butun dunyoga namoyon qildi”,-dedi.

Joriy yilning aprel oyida Armaniston bilan Ozarbayjon o’rtasidagi chegarada arman askarlarning noo’rin xatti-harakati tufayli otishma yuz bergan edi.

Bu jarayonga to’xtalgan Aliyevning aytishicha, Armaniston provokatsiyaga qo’l urdi, ular Ozarbayjon territoriyasiga va aholi punktlariga o’q uzgan.

Aliyev: “Ozarbayjon qo’shini katta qahramonlik ko’rsatib, ishg’ol ostidagi territoriyalarning bir qismini dushman qo’lidan qutqardi. Umid qilamanki, bu qahramonlik Armanistonga va mavzu bilan shug’ullangan tashkilotlarga ibrat bo’ladi. Armaniston bu ishg’olni abadiy davom ettirmoqchi. Xalqaro tashkilotlar ularga tazyiq o’tkazganda, turli nayrangbozlik bilan chalg’itishga harakat qilmoqda”,-dedi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga ko’ra, Armaniston bilan bo’lgan to’qnashuv Ozarbayjonning ustun g’alabasi bilan yakunlandi va bu g’alaba tarix sahifalaridan joy oldi.

Aprel voqealaridan keyin Armaniston hukumati muzokaralarni davom ettirish uchun Ozarbayjonga bir necha shart qo’yganini tilga olgan Aliyev: “Biz bu shartlarni qabul qilmadik. Chunki, hech kim bizga shart qo’ya olmaydi. Armaniston muzokaralar to’xtatilgan yoki muzlatilgan taqdirda, natijasi qanday bo’lishini juda yaxshi biladi”,-dedi.

Masala Ozarbayjonning tuproq butunligi doirasida hal bo’lishi kerakligini ta’kidlagan prezident Ilhom Aliyev: “Tog’liq Qorabog’ hech qachon mustaqil bo’lmaydi. Ma’lum bir avtonomiya berilishi mumkin. Lekin, bu vaziyat mamlakatimizning tuproq butunligini oyoq osti qila olmaydi”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar