Armaniston-Ozarbayjon chegarasida notinchlik...

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Armaniston qo’shini mahalliy soat 18:20 dan e’tiboran, Terterning Gazyan qishlog’iga 120 mm minomyot bilan ketma-ket hujum qilgan.

490587
Armaniston-Ozarbayjon chegarasida notinchlik...

Armaniston qo’shini Ozarbayjonning Terter viloyati Gazyan qishlog’iga minomyot bilan hujum qildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Armaniston qo’shini mahalliy soat 18:20 dan e’tiboran, Terterning Gazyan qishlog’iga 120 mm minomyot bilan ketma-ket hujum qilgan.

Shuningdek, Ozarbayjon qo’shini ham dushman tomonga hujum qilgani, bunga o’xshash provokatsiyalar natijasida sodir bo’ladigan voqealardan Armanistonning harbiy-siyosiy boshqaruvi mas’ul bo’lishi qayd etilgan.

Armaniston qo’shini o’tgan oyda Ozarbayjon aholi punktlariga o’q otar qurollar bilan hujum qilgan edi.

Qurolli hujumlarda 6 fuqaro halok bo’lgan edi, 26 fuqaro jarohatlangan edi.

Qurolli hujum oqibatida, 445 ta bino, 5 ta maktab, 2 ta salomatlik markazi va 2 ta bolalar bog’chasida jiddiy talofat yuzaga kelgan edi.

Armaniston qo’shinining hujumlarda xalqaro shartnomalar asosida ta’qiqlangan misket bombasi va oq fosforli o’qlardan foydalangani aniqlangan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Armaniston , #chegara , #otishma

Aloqador xabarlar