Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston-Ozarbayjon chegarasida tekshiruv olib bordi

Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zakir Hasanov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga chegaradagi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

482421
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston-Ozarbayjon chegarasida tekshiruv olib bordi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston-Ozarbayjon chegarasiga yaqin territoriyalarda tekshiruv olib bordi.

Ilhom Aliyev chegaraga yaqin masofada joylashgan Terter, Berde va Ag’dam viloyatlarida bo’ldi.

Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zakir Hasanov Terter hududidagi harbiy gornizonda tekshiruv olib borgan Ilhom Aliyevga chegaradagi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Ilhom Aliyev o’tgan oy chegarada yuz bergan otishmalarda qahramonlik ko’rsatgan ba’zi askarlarga sovg’a taqdim etdi.

Aliyev joriy yilning 27-28 aprel kunlari Armaniston qo’shini tomonidan hujum qilingan Terter viloyatiga qarashli Kapanli qishlog’i va Ag’dam viloyatiga qarashli Mahrizli qishlog’ida bo’ldi.

Aliyev mazkur qishloqlarda qurolli hujum oqibatida jiddiy zarar ko’rgan uylarni ko’zdan kechirdi va aholi bilan suhbat olib bordi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hududda vayron bo’lgan uylarni qayta ta’mirlash uchun tegishli vakillarga topshiriq berdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar