Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Prezident İlhom Aliyev bilan uchrashuv o'tkazdi...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Madaniyatlar ittifoqi 7- global forumga ishtirok etish uchun   tashrif buyurgan Ozarbayjonda, Prezident İlhom  Aliyev bilan uchrashuv o’tkazdi.

478178

Zagulba Prezidentlik qarorgohida amalga oshirilgan uchrashuvda, Erdo’g’an va Aliyev, ikki o’lka o’rtasidagi strategik sheriklikka tayangan do’stlik va birodarlik aloqalarini barcha sohalarda muvaffaqiyat bilan rivojlanishidan juda ham  mamnun  ekanini tilga oldilar.

Oliy saviyali nazariyalar esa  aloqalarning rivojlanishi jihatidan katta ahamiyat kasb etganini ta’kidlagan liderlar, aloqalarning  bundan keyin ham rivojlanishiga amin ekanlarini bildirdilar.

BMT Madaniyatlar ittifoqi  7- global forumi muhokama qilingan uchrashuvda, ushbu tadbir xalqaro hamkorlikka ham  hissa qo’shishi ma’lum qilindi.

Erdo’g’an va Aliyev, Turkiya va Ozarbayjon tomonidan  mushtarak yuritilgan Trans Anado’li tabiiy gaz quvuri (TANAP) birinchi o’rinda bo’lib energiya sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish mavzusi bilan  Qora bog’da sodir bo’lgan oxirgi o’zgarishlarni muzokara qilib, “ bu borada bir millat, ikki davlat” deb ta’kidladilar.

O’zaro uchrashuvning ortidan Aliyev, Erdo’g’anning sharafiga ziyofat berdi.

Prezident Erdo’g’anning rafiqasi Emine Erdo’g’an bilan Aliyevning rafiqasi Mehriban  Aliyeva ham ishtirok etgan ziyofat taxminan bir yorim soat davom etdi.

Aloqador xabarlar