Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi munosabatlarda yangi davr...

Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlarining samimiy munosabati Tog'liq Qorabog'da tinchlik o'rnatilishiga doir umidlarni kuchaytirdi.

467286
Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi munosabatlarda yangi davr...

Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi munosabatlarda yangi davrdan nishona…

Rossiyaning poytaxti Moskvada o'tkazilgan Mustaqil davlatlar hamdo'stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishi chog'ida, Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammedyarov bilan Armaniston Tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan bir-biri bilan samimiy salomlashdi.

Ularning samimiy munosabati Ozarbayjon va Armaniston kuchlari o'rtasida bir haftadan beri otishmalar davom etgan Tog'liq Qorabog'da tinchlik o'rnatilishiga doir umidlarni kuchaytirdi.

Ozarbayjon va Armaniston seshanba kuni Rossiyaning vositasida takror sulh bitimi e'lon qildi.

Lekin, Ozarbayjon arman askarlarning sulh bitimini takror buzganini bildirib, dushmanning hujumiga qarshi hujumga o'tgan edi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, bir hafta davom etgan otishmalarda 31 nafar Ozarbayjon askari halok bo'ldi, Armanistondan 240 askar halok bo'ldi.

Bundan tashqari, tomonlar jang maydonida qolib ketgan askar janozalarini almashtirish bo'yicha kelishib oldi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, tomonlar bugun mahalliy soat 15:00 dan e'tiboran sulh bitimining takror kuchga kirishi uchun kelishuv shartnomasi imzolagan.

Ma'lumotga ko'ra, jang maydonida qolib ketgan ozarbayjon va arman askarlarning janozalari Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Bakudagi vakolatxonasi va Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti vositasida soat 15:00-20:00 gacha jang maydonidan olinadi.

Quvonarlisi shuki, Ozarbayjon qo'shini Talish qishlog'idagi eng baland tepalikka 24 yil oradan so'ng, takror Ozarbayjon bayrog'ini o'rnatdi.

Ozarbayjon askarlari Armaniston bilan bo'lgan oxirgi janglarda Ag'dere, Terter, Ag'dam, Hojavend va Fuzuliy tumanlarida olib borgan operatsiyalar paytida ba'zi strategik tepaliklarni va aholi punktlarini Armanistondan tortib oldi.



Aloqador xabarlar