Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjonda...

Sergey Lavrov tashrifi chog'ida, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

466172
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjonda...

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjonga safar qildi.

Sergey Lavrov tashrifi chog'ida, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qabul chog'ida, Eron va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishining dastlabkisi Bakuda o'tkazilishidan mamnun ekanini tilga olib, Eron, Ozarbayjon, Rossiya o'rtasida jiddiy mintaqaviy hamkorlik jarayoni boshlanganiga e'tibor qaratdi.

Ozarbayjon davlati Rossiya va Eron bilan chegaradosh bo'lgan yakka davlat ekanini tilga olgan Aliyev uch tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashtirish zarurligini ma'lum qildi.

Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi to'qnashuvlar va ortidan ta'minlangan sulh bitimiga to'xtalgan Ilhom Aliyev: “Sulh bitimiga to'la amal qilindi, lekin afsuski Armaniston kecha tunda sulh bitimini takror oyoq osti qildi. Biz diqqatimizni muzokara jarayonining davom ettirilishiga qaratdik. Shuni aytish joizki, Ozarbayjon muzokara jarayoniga sodiq",-dedi.

Sergey Lavrov uch davlat o'rtasida transport tarmoqlarini ochish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va energiya sohasida o'zaro faoliyat jihatidan mushtarak geostrategik va geopolitik manfaatlar borligini eslatdi.

Qolaversa, mazkur yig'ilishda Eron va Ozarbayjon bilan transport va energiya loyihalarini amalga oshirishga siyosiy zamin yaratilishini ma'lum qildi.

Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi salbiy vaziyatni bostirish kerakligini tilga olgan Lavrov: “Chegarada sodir bo'lgan voqealar bizni siyosiy yechim uchun yana ham faol bo'lishga undaydı. Bu jihatdan bir qator takliflarimiz bor. bu yo'lda Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhi rahbarlarining tashabbuslarini to'liq qo'llab quvvatlaymiz. Nafaqat Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, balki Xalqaro Qizil Xoch tashkilotining ham yordamlari bilan yaqinda siyosiy jarayonning qaytatdan tiklanishiga zamin yaratiladi",-dedi.



Aloqador xabarlar