Armaniston qo’shini, harbiy tez yordam mashinasiga o’q uzdi

Bu haqida Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma'lumot tarqatdi.

466541
Armaniston qo’shini, harbiy tez yordam mashinasiga o’q uzdi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan ma'lum qilinishicha front chizig'ida harbiy tez yordam mashinasiga qarshi arman qo'shini tomonidan o'q uzilgan.

Vazirlik tomonidan tarqatilgan ma'lumotda, front chizig'ida o'q uzishni to'xtatish bo'yicha kelishib olinganligiga qaramay Armaniston qo'shini boshqa tomonlardan Ozarbayjonning aholi punktlarini o'qqa tutganligi qo'shimchalangan.

Ushbu ma'lumotda Armaniston qo'shini front chizig'ida joylashgan Ag'dere-Goranboy yo'nalishidagi bir tez yordam mashinasiga o'q uzgan. Oqibatida mashinaga katta ziyon yetkazilganligi ham ifodalangan.

Ushbu hujum, tez yordam mashinasi Armaniston qo'shinining o'q uzishni to'xtatish kelishuviga amal qilmasligi oqibatida tan jarohati olgan tinch aholini kasalxonaga olib ketayotgan chog'da yuz berganligi va hujumning, “inson huquqlarini qopollikcha paymol qilish" deya baholanganligi ham Mudofaa vazirligi tomonidan tarqatilgan ma'lumotlar orasida.

Ozarbayjon Mudofaa vaziri kecha yani chorshanba kuni, Naxchivan avtonom Respublikasining Ordubod, Shoxboz va Babek viloyatlaridagi Ozarbayjon hududlarining o'q ostida qo'lganligini bildirgan edi.

Izohda Armaniston hujmiga javob tariqasida otilgan oqlar orqali, arman armiyasining o'q uzish nuqtasiga ziyon yetkazilganligi aytilgan.



Aloqador xabarlar