Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi to’qnashuv davom etmoqda

Bu haqida, Ozarbayjon Mudofaa vaziri ma'lumot berdi.

465174
Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi to’qnashuv davom etmoqda

Ozarbayjon-Armaniston chegarasida chiqqan to'qnashuvlar oqibatida qariyb 70 nafar arman askari o'ldirildi.

Chegarada chiqqan to'nashuv oqibatida ko'plab askaridan ayrilgan Armaniston qo'shini Xojavend-Fuzuli va Agdere-Terter istiqomatidagi tinch aholi turar-joy mintaqasiga qarshi o'q uzushni davom ettirmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vaziri bu istiqomatga qarshi amalga oshirilgan amaliyot va javob hujumlari orqali strategik jihatdan muhim hisoblangan Madagiz nomidagi harbiy qo'mondonlik-nazorat markazining boshatilganligini va mintaqaning nazorat ostiga olinganligini ma'lum qildi.

Huddi mana shu ma'lumotda Armaniston-Ozarbayjon chegarasida qariyb 70 nafar arman askari o'ldirilar ekan ayni chog'da 5 arman tankasining ham vayron qilinganligi qo'shimchalandi.

Ma'lumotga ko'ra oxirgi ikki kundan beri davom etayotgan to'qnashuvda Ozarbayjon, 16 nafar askaridan ayrildi.

Mudofaa vaziri, chegarada chiqqan to'qnashuvda qo'lga kiritilgan ustunlikning himoya qilinishiga qaratilgan tadbirlarning ham amalga oshirilganligini ta'kidladi.



Aloqador xabarlar