Ozarbayjon-Armaniston chegarasida operatsiyalar to'xtatildi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, bugun mahalliy soat 12:00dan e'tiboran chegarada Ozarbayjon va Armaniston askarlari o'z roziligi bilan urushni to'xtatdi.

465249
Ozarbayjon-Armaniston chegarasida operatsiyalar to'xtatildi

Ozarbayjon-Armaniston chegarasida operatsiyalar to'xtatildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, bugun mahalliy soat 12:00dan e'tiboran chegarada Ozarbayjon va Armaniston askarlari o'z roziligi bilan urushni to'xtatdi.

Ma'lumotga ko'ra, Ozarbayjon Qurolli kuchlari qo'lga kiritgan hududlarda mustahkamlashtirish ishlarini olib bormoqda.

Qorabog' norasmiy mudofaa vazirligi Armaniston bilan Ozarbayjon o'rtasida davom etgan Tog'liq Qorabog' to'qnashuvlarini to'xtatish uchun sulh bitimi qarori olinganini ma'lum qildi.

Ozarbayjondan ma'lum qilingan bayonotga ko'ra, chegaradagi otishmalarda 70 nafar arman askar halok bo'lgan, 5 ta tank portlatilgan.

Ozarbayjondan esa, so'ngi 2 kun ichida 16 askar halok bo'lgan.

Ozarbayjon Press xabar agentligi (APA) ma'lum qilishicha, bugun ham Armaniston kuchlari chegaradagi aholi punktlariga uzun masofali qurollar bilan o'q uzgan.

Armaniston askarlarining o'q uzishi oqibatida Terter tumanining Hasankaya qishlog'ida yashovchi bir ozarbayjon hayotdan ko'z yumdi.



Aloqador xabarlar