Turkmaniston Qurolli Kuchlari harbiy tadbiqot o'tkazdi

Tadbiqotga uchuvchisiz havo vositalari, jangovar va umumiy maqsadlarda ishlatilgan vertolyotlar hamda jangovar samolyotlar qatnashdi.

460595
Turkmaniston Qurolli Kuchlari harbiy tadbiqot o'tkazdi

Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedov joriy yilning 26 mart kuni Turkmaniston Mudofaa vaziri Yaylim Berdiyev bilan yig'ilish o'tkazdi.

Prezident Kurbankuli Berdimuhammedov yig'ilish chog'ida Turkmaniston Qurolli Kuchlarining qobiliyatini oshirish va qo'shinning urushga tayyorgarligini nazorat qilish maqsadida bir qator topshiriqlar berdi.

Topshiriqqa binoan qo'shinning urushga tayyorgarligini aniqlash maqsadida harbiy tadbiqot o'tkazildi.

Mamlakatning milliy mudofaasini va qo'shinning qobiliyatini tekshirish uchun Turkmanboshi, Baraka, Go'ktepa, Mari, Yoloten, Serhatobod va Atamurat gornizonlariga qarashli tadbiqot maydonida o'tkazilgan mashg'ulotda chegara qo'shini, quruqlik qo'shini, dengiz qo'shini, havo mudofa qo'shini va maxsus harakat qo'shini kabi mamlakatning barcha harbiy bo'linmalari qatnashdi.

Ushbu harbiy tadbiqot haqiqiy urush sharoitiga mos ravishda o'tkazildi. Harbiy tadbiqotlar milliy qo'shinning mudofaa qobiliyati va qo'shinning urushga tayyorgarlik holatini tekshirish maqsadida o'tkazildi.

Tadbiqotga uchuvchisiz havo vositalari, jangovar va umumiy maqsadlarda ishlatilgan vertolyotlar hamda jangovar samolyotlar qatnashdi.

Tadbiqotni havodan nazorat qilish maqsadida “Falko" uchuvchisiz havo vositasi bilan tadbiqot maydonida razvedka olib borildi.

Tadbiqot davomida harbiy uchuvchilar uchish qobiliyatini va mo'ljalni aniq nishonga olish kuchini namoyish qildilar.

Jangovar ta'lim harbiy mashg'ulotlari muvaffaqiyatli davom etmoqda.



Aloqador xabarlar