Ozarbayjon bedarak yo'qolgan baliqchilarni qidirmoqda
Ozarbayjon sohil xavfsizlik mutahassislari tomonidan olib borilgan qidiruvda Ozarbayjonning Hachmaz hududida yashovchi 1 baliqchining jasadi topildi.
Ozarbayjonning Hachmaz hududida yashovchi 1 baliqchining jasadi topildi.
Kaspiy dengiziga baliq ovlash uchun otlangan uch baliqchi bedarak yo’qolgan edi.
24 soatdan o’tishiga qaramasdan biron xabar kelmagan baliqchilar kecha tushki soatlardan beri qidirilayotgan edi.
Qidiruv natijasida dengizdan bir baliqchining jasadi topildi.
Bedarak yo’qolgan yana ikki baliqchini topish uchun Ozarbayjon sohil xavfsizlik mutahassislari safarbar bo’ldi.
Qutqaruv faoliyatlari vertolyotlar vositasida kuzatib borilmoqda.
Aloqador xabarlar
Aliyev «V Ozarbayjon xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi»ga tashrif buyurdi
Boku Ekspo – Markazida V Ozarbayjon xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi (ADEX – 2024) ishboshladi.
Yashar Guler ADEX 2024 yarmarkasida ishtirok etdi
Yashar Guler, ADEX 2024 yarmarkasida ishtirok etish uchun Ozarbayjonda.