O‘zbekiston Turkiya Respublikasiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on nomiga maktub yo'lladi.

392388
O‘zbekiston Turkiya Respublikasiga hamdardlik bildirdi

2015-yilning 12-oktabr kuni Turkiya Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi. Mazkur kitob 10-oktabr Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan terror qurbonlari xotirasiga Turkiyada e’lon qilingan uch kunlik motam munosabati bilan ochilgan.
O‘z navbatida Elchi Namik Guner Erpul Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on nomiga yo‘llangan Prezident I.A.Karimov maktubidagi dalda va hamdardlik so‘zlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar