O'zbekiston-AQSh munosabatlari...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kuni kecha Oqsaroyda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy Qo‘mondonligi qo‘mondoni Lloyd Ostinni qabul qildi.

311829
O'zbekiston-AQSh munosabatlari...


Islom Karimov mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatlarga asoslangan munosabatlar amaliy xususiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Turli daraja va yo‘nalishlardagi doimiy muloqotlar O‘zbekiston va AQShga ko‘pqirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish imkoniyatini berayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro muammolar, jumladan, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘llar bilan hal etish jarayonlari xususida fikr almashildi.

Lloyd Ostin Prezident Islom Karimovga samimiy qabul va O‘zbekiston – AQSh munosabatlarining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollarini atroflicha muhokama etish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar