Yevropa Inson huquqlari mahkamasi Armanistonni aybladi

Mahkama 1992 yilgi urushdan so’ng, Lachin hududidagi uylarini tashlab ketishga majbur bo’lgan va uylariga qayta olmagan 6 nafar Ozarbayjon fuqarosining 2005 yili qilgan murojaatini ko’rib chiqdi.

306916
Yevropa Inson huquqlari mahkamasi Armanistonni aybladi

Yevropa Inson huquqlari mahkamasi Ozarbayjonlik ko’chmanchilarning vataniga qaytishiga to’sqinlik qilgan Armanistonni aybdor deb topdi.
Mahkama 1992 yilgi urushdan so’ng, Lachin hududidagi uylarini tashlab ketishga majbur bo’lgan va uylariga qayta olmagan 6 nafar Ozarbayjon fuqarosining 2005 yili qilgan murojaatini ko’rib chiqdi.
“Armanistonning Yuqori Qorabog’da ishg’ol qilgan hududlarda huquqiy mas’uliyati borligi” to’g’risida hukm chiqargan mahkama, murojaat egalarining uylariga qaytishiga to’sqinlik qilish bilan inson huquqlari poymol qilinganini ma’lum qildi.
Yevropa Inson huquqlari mahkamasi Armaniston tomonidan Ozarbayjonliklarga to’lashi zarur bo’lgan kompensatsiya miqdorini keyinchalik ma’lum qiladi.
Lachin hududi Yuqori Qorabog’ bilan Armanistonni bir-biriga bog’lagan hududning nomi va Yuqori Qorabog’ kabi armanlar tomonidan ishg’ol qilingan.
Mutahassislarning fikricha, ushbu qaror Armanistonning Yuqori Qorabog’ ishg’oli natijasida uylariga qayta olmagan yuz minglab ko’chmanchining taqdiri bilan aloqador bo’lgani uchun katta ahamiyat kasb etadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar