Karimov Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini qabul qildi...

Islom Karimov Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini qabul qildi.

297571
Karimov Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini qabul qildi...

Islom Karimov Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini qabul qildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 8 iyun kuni Oqsaroyda Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madaniyni qabul qildi.
Davlat rahbari mehmonni O`zbekistonga tashrifi bilan qutlar ekan, O`zbekistonning ellikdan ortiq mamlakat a`zo bo`lgan ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan samarali hamkorlik qilib kelayotganini ta`kidladi.
Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madaniy, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ulkan taraqqiyotga erishayotganini yuqori baholadi.
Uchrashuvda, Islom hamkorlik tashkilotiga 1996 yilda a`zo bo`lgan O`zbekiston, uning serqirra faoliyati va tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotganligi, jahonda tashkilotning o`rni va ahamiyatini mustahkamlashga salmoqli hissa qo'shayotganligi takidlandi.
Oqsaroyda o`tgan uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Malumki, Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yaqinda bo`lib o`tgan majlisida tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvini O'zbekistonda o`tkazish va tashkilotning mazkur muhim institutiga 2016 yilda O`zbekiston raislik qilishi to`g`risida qaror qabul qilingan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar