TİKA Afg’onistonda Turk tilida kurs ochdi.

Afg’onistonda juda ko’p sonda loyihani hayotga tatbiq etish uchun hamkorlik va koordinatsiya Agentligi (TİKA) o’lkaning shimolidagi Mozori sharifda Turk tilida kurs ochdi.

292922

Sulton Raziye Qiz litseyida uyushtirilgan kursning ochilish marosimiga, Balx viloyat iqtisodiyot Mudiri Abdurahman Samadi, Balx Xalq ta’lim mudiri Mavlaviy Abdulaziz Aziz, TİKA Mozori Sharif koordinat ori Kemal Kadir Karado’g’an va kursga ishtirok etganlar qatnashdi. Balx viloyati ta’lim mudiri Azizi, bu yerda so’zlagan nutqida, Turk davlati va xalqi, Afg’oniston xalqining yaralarini tuzatish uchun har zamon sa’y- harakat qilganini bildirdi.
TİKA Mozori Sharif koordinatori Karado’g’an ham so’zlagan nutqida bir o’lkaning rivojlanishi ta’lim bilan mumkin ekanini va bu maqsad bilan Turkiya TİKA vositasi bilan Afg’onistonda 90ga yaqin maktab insho etdi.
Karado’g’anning aytishcha, “ Taxminan 8 ming 500 yillik o’tmishga ega bo’lgan Turkcha, ayni zamonda dunyo liderlari qatorida eng qadimgi tarixga ega edilar. Dunyoda eng ko’p gaplashilgan beshinchi til bo’lgan Turkcha, dunyodagi eng boy tillardan biri “ deb ta’kidladi.
Afg’onistondagi talabalar Turkchaga bo’lgan aloqalari tufayli kurs ochish qarori olganlarini ifoda etgan Karado’g’an, kurs yordamida 140 nafar qiz va erkak talaba Turkcha o’rganadi, talab bo’lgan taqdirda kurslarning davom etishini bildirdi.

Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar