O'zbekistonda Jahon tillari va madaniyati festivali...

"Festival tufayli O‘zbekiston haqidagi taassurotlarim yanada ortdi"-deydi Italiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Rikkardo Manara.

290078
O'zbekistonda Jahon tillari va madaniyati festivali...

O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida jahon tillari va madaniyati festivali tashkil etildi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari, turli xalqaro tashkilot vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Festivalga kelgan mehmonlarni talabalar O’zbekistonning turli hududlariga oid urf-odatlar, G‘arb va Sharq xalqlarining asriy an’analari va turmush tarzini aks ettiruvchi taqdimotlar bilan kutib oldi.

 

Talabalar ishtirokida universitet bilan hamkorlik o‘rnatgan AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, Hindiston va boshqa yigirmadan ortiq mamlakat xalqlarining tarixi, turmush tarzi, madaniyati va urf-odatlari haqida ma’lumot beruvchi badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiq va raqslar namoyish etildi.


– Festival tufayli O‘zbekiston haqidagi taassurotlarim yanada ortdi, – deydi Italiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Rikkardo Manara.
– “Ayniqsa, talabalarning xorijiy tillarda ravon so‘zlayotgani, ajdodlardan qolgan boy merosni va urf-odatlarni yuksak mehr-muhabbat bilan namoyish etayotganini ko‘rib hayratlandim. Bu O‘zbekistonda yoshlar masalasiga katta e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir”

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar