BMT Bosh kotibi Tojikiston va O'zbekistonga safar qiladi.

BMT Bosh kotibi Tojikiston va O'zbekistonga safar qiladi.

289307
BMT Bosh kotibi Tojikiston va O'zbekistonga safar qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Tojikiston va O'zbekistonga safar qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun 9-11 iyun kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo`lib o`tadigan "Xayot uchun suv" mavzusidagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etadi.
12 iyun kuni esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbari O'zbekistonga keladi. Pan Gi Mun tashrifi doirasida O'zbekiston raxbariyat bilan bir qator uchrashuvlar o'tkazadi.
Malumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun 2010 yil aprelida Markaziy Osiyoga safari doirasida O'zbekistonga ham kelgan va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish, qurolsizlantirish, atrof-muhit, shuningdek, Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish masalalari bo`yicha muzokaralar o'tkazgan edi.
Pan Gi Mun o'tgan tashrifi doirasida Orolbo'yi mintaqasida safar uyushtirgan, safar yakunlariga ko'ra, Orol dengizi halokatini jahondagi eng katta ekologik fojialardan biri deb atab, butun jahon hamjamiyatini uning oqibatlarini bartaraf etish ishiga qo'shilishga da'vat etgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar