Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qozog’istonga safar qiladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qozog’istonda bo'lib o'tadigan Turkiya-Qozog’iston Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig’ilishiga qatnashadi.

235092
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qozog’istonga safar qiladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qozog’istonga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.
Erdog’an Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayevning taklifiga binoan 15 aprel kuni Qozog’istonga jo’nab ketadi.
Qozog’istonda Turkiya-Qozog’iston Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tadi.
Mazkur yig’ilishga Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayev boshchilik qiladi.
Yig’ilishga ikki davlatdan qator vazirlar ham ishtirok etadi.
Bundan tashqari, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an poytaxt Astanada bo’lib o’tadigan Turk-Qozoq tadbirkorlar forumiga ham ishtirok etadi.
Astanadan Turkistonga jo’nab ketadigan Erdog’an, u yerda Turkiya Din ishlari boshqarmasi homiyligida qurilgan “Xoja Ahmad Yassaviy” nomidagi jome va madrasaning ochilishiga tashrif buyuradi.
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anga “Xoja Ahmad Yassaviy” nomidagi Davlat Universiteti tomonidan fahriy doktorlik unvoni taqdim etiladi.
Qolaversa, Erdog’an hududda yashagan mesxeti turklari bilan uchrashadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar