O'zbekistonda Prezidentlik saylovi o'tkazildi

Saylovda 20 million nafardan ziyod saylovchi ishtirok etdi

287253
O'zbekistonda Prezidentlik saylovi o'tkazildi

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ma’lum qilinishicha kecha 29-mart kuni o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentlik saylovida 20 million nafardan ziyod saylovchi ishtirok etdi. Bu raqam jami saylovchilarning 91 foizini tashkil etadi. Saylovni amaldagi Prezident İslom Abdug’aniyevich Karimovning yutib chiqishi aniq deb qaralmoqda.

Janob Karimov oldingi saylovlarda 90 foizdan ortiq ovoz olgan edilar.

O’zbekistondagi saylov uchun Turkiyaning İstanbul va Anqara shaharlarida ham saylov uchastkasi tashkil etildi.

Saylovda Turkiya, Germaniya, Angliya va Fransiya kabi dunyoning 40 dan ziyod davlatidan qariyb 300 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari idorasi cheklangan sonli kuzatuvchi hay’ati, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi kuzatuvchi guruhi, Shanxay hamkorlik tashkiloti hay’ati va İslom Hamkorligi Tashkiloti kuzatuvchi hay’atlari ham ta’qib etmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar