Ozarbayjon tuprog’ining 20 foizi armanlar tomonidan bosib olingan

Shuning uchun, bir milliondan ziyod ozarbayjonliklar, o’z tuprog’idan yiroqda kun kechirmoqdalar...

245968
Ozarbayjon tuprog’ining 20 foizi armanlar tomonidan bosib olingan

Tog’lik Qorabog’ masalasi, qariyb 20 yildan beri hal qilingani yo’q.

Tuproqlari bosib olinganligi uchun o’z yurtidan qochishga majbur bo’lgan ozarbayjonliklarning dramasi, haligacha kun tartibida.

Bosib olinganligi uchun bir milliondan ziyod ozarbayjonliklar, o’z tuprog’idan yiroqda kun kechirmoqdalar.

Turkiya esa, Tog’lik Qorabog’ muammosini hal qilish jarayonida, Ozarbayjon bilan birga.

Turkiyaning Boku elchisi Alper Joshkun, o’z yurtida yashashdan mahrum qolgan ozarbayjonliklarni, poytaxt Boku yaqinida ziyorat qildi.

Alper Joshkun, avvalom bor boshlang’ich maktabga borib, o’quvchilar bilan suhbat qildi.

Ortidan, Qorabog’dan ko’chib kelgan bir oilaning uyida mehmon bo’lgan Joshkun, ushbu oila a’zolari bilan uzoq vaqtgacha dartlashdi.

Joshkun, “O’z yurtidan qo’chishga majbur bo’lgan insonlar haqida gaplashyapmiz. Hudo xohlasa, bu ishg’ol to’xtaydi. İnsonlar, o’z yurtida, bahtli yashasin” dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar