Lekin, Turkiyaning Armanistonga bir sharti bor edi

Armaniston samimiyat imtihonidan o’tmadi...

237815
Lekin, Turkiyaning Armanistonga bir sharti bor edi

Rasmiy ziyorat bilan Ozarbayjonga bo’rgan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, “Armaniston samimiyat imtihonidan o’tmadi. Qoshnilariga nisbatan yomon niyatda ekanligini ko’rib turibmiz” dedi.

Yerevan rahbariyatining, Turkiya-Armaniston aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadi bilan ikki davlat o’rtasida, 2009-yili imzolangan protokollarni, Konstitutsiyaviy sudga olib chiqib, protokollarning ichini boshatganligini qayt qilgan Chavusho’g’li,

“Aslida, atalgan protokollarning kuchga kirisihi uchun bizning shartimiz bor edi. Armaniston bo’sib olgan Ozarbayjon tuproqlarini boshatishi kerak edi. Bu shartimiz bajo keltirilmasa biz ham protokollarni amalga oshirishimiz imkonsiz edi. Bu shartimizdan butun dunyoning xabari bor edi” deya gapirdi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Memmedyarov bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirgan Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, “23 yil oldin Armaniston tomonidan Ozarbayjon tuproqlari bo’sib olinib, natijada, Xo’jalida, 613 nafar kishi o’ldirilganligini eslatar ekan Xo’jali qatliomining 23-yilligida Ozarbayjonga keldik. Xo’jalida o’ldirilgan qardoshlarimizni rahmat ila yod etamiz” dedi.

Chavusho’g’li, Xo’jalida nimalar bo’lganligini yahshilab tushintirilishi kerakligini aytar ekan, Turkiya olaroq, bu mavzuni kun tartibida tutajaklarini qo’shimchaladi.

Turkiyaning Janubiy Kavkazga tinchlik olib kelish uchun ish olib borayotganligini takidlagan Memmedyarov, bo’sib olingan Ozarbayjon tuproqlarining boshatilishi mavzusida Turkiyaning Ozarbayjonga bergan yordamining davom etganligini qayd qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar