"Turk Kengashi" Anqarada yig’ilish o’tkazdi

Turk Kengashining asoschi a’zolari Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkiya bo’lib O’zbekiston va Turkmanistonning ham qo’shilishi kutilmoqda.

231478
"Turk Kengashi" Anqarada yig’ilish o’tkazdi

Bugun Turk Kengashi va Mintaqadagi O’zgarishlar mavzusi asosida “Yevrosiyoda Hamkorlik” deb nomlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilish Turk Kengashi va Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Strategik tadqiqotlar markazi bilan Yevrosiyo tadqiqotlari markazi hamkorligida uyushtirildi.

Ushbu yig’ilishda ishtirok etgan Tashqi ishlar vaziri maslahatchi o’rinbosari Ali Kemal Aydin, ishtirokchilarga xitob etar ekan Turk Kengashining maqsadlari haqida gapirdi.

Turk Kengashining asosiy maqsadlaridan biri, qisqa muddat ichida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida nazortachi status qozonish bo’lib hisoplanadi.

Turk Tilida So’zlovchi Davlatlar Hamkorligi Kengashi (Turk Kengashi), Turk tilida so’zlovchi davlatlar orasida yana da ko'lamli va mustahkam hamkorlik tuzish maqsadi bilan xalqaro tashkilot sifatida 2009-yili tashkil topgan bo’lsa da 16-sentabr 2010-yili İstanbulda o’tkazilgan “Turk Tilida So’zlovchi Davlatlar Prezidenti Sammitida” rasmiy olaroq e’lon qilingan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar