Qozog'iston Prezidenti Nazarbayev davlat elchilarini qabul qildi

Qozog’iston xalqaro aloqalarni mustahkamlashtirgan faol kengayish siyosatini davom ettiradi.

222665
Qozog'iston Prezidenti Nazarbayev davlat elchilarini qabul qildi

Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayev Oq O’rda saroyida Turkiyaning Qozog’istondagi favqulodda va muhtor elchisi O’mer Burhan Tuzel va boshqa ko’plab xorijlik diplomatlarni qabul qildi.
Qabulda Nazarbayev 2013 yili Qozog’iston bilan Rossiya o’rtasida imzolangan “21-asrda yaxshi qo’shnichilik va ittifoq” shartnomasi kuchga kirganini eslatdi.
Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayevning aytishicha, Qozog’iston 2015 yili xalqaro aloqalarni mustahkamlashtirgan faol kengayish siyosatini davom ettiradi.
Nazarbayev Xitoy bilan keng ko’lamli strategik hamkorlik va yaxshi qo’shnichilik aloqalarini mustahkamlashtirish niyatida ekanini, qolaversa iqtisodiy, tijoriy va investitsiya bo’yicha hamkori Yevropa İttifoqi bilan ham hamkorlikni yanada rivojlantirishini bildirdi.
Diplomatiya bo’yicha kengayishning ahamiyatiga e’tibor qaratgan Nazarbayev, Amerika Qo’shma Shtatlari bilan tobora rivojlanib borayotgan strategik hamkorlikni mustahkamlashtirish davlat siyosati uchun muhim ekanini ma’lum qildi.
Ukraina masalasiga to’xtalgan Nazarbayev muammoni hal qilish maqsadida Belorusiyaning poytaxti Minskda o’tkazilgan yig’ilishning taqdirlanishi kerakligini tilga oldi.
Qolaversa, tomonlarni Minsk shartnomasiga to’la amal qilishga va zimmasidagi mas’uliyatni bajarishga chaqirdi.
Nazarbayevning fikricha, xavfsizlikni ta’minlashning eng faol yo’li davlatlar o’rtasida yaqin iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdir.
Ukrainadagi notinchlikdan so’ng g’arb davlatlar bilan Rossiya o’rtasida yuzaga kelgan o’zaro iqtisodiy sanksiyalar xalqlarning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatganini aytib o’tdi.
Bundan tashqari, Qozog’iston Afg’onistonning ravnaqi yo’lida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga tashviq etishini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar